Prevyu. "Bunyodkor" – "Nasaf"
07 iyu 2015 08:17
Yangiliklar
Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. SHu kunga qadar “Bunyodkor” 8ta o'yinda g'alaba qozongan. Beshta o'yin durang bilan yakunlangan. “Nasaf” bugunga qadar “Bunyodkor”ni uch marta mag'lubiyatga uchratgan. “Bunyodkor” 24ta to'p kiritgan, “Nasaf” esa toshkentliklar darvozasini 9 bora aniq nishonga olgan. “Qaldirg'ochlar” o'zaro o'yinlarda 29 ochko ishlab olishgan bo'lsa, “ajdarlar”ning ushbu ko'rsatkichi 14taga teng.
“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda “Nasaf" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0 ga teng. “Nasaf”ning yirik g'alabasi esa – 2:0.
O'tgan mavsum 8-turda Qarshida kechgan o'yinda mezbonlar g'alaba qozonishgan. Dastlabki bo'limda Ilhom Yunusov, ikkinchi bo'limda Ilhom SHomurodov “Bunyodkor” darvozasini ishg'ol qilishgandi – 2:0. Toshkentda ham “ajdarlar” g'alaba qozonishgan. Ilhom SHomurodov va Artur Gevorkyanning gollariga Timur Ayupov javob bergandi – 1:2.
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.09.2014 Bunyodkor - Nasaf 1:2
08.03.2013 Bunyodkor - Nasaf 3:0
16.06.2012 Bunyodkor - Nasaf 0:0
11.06.2011 Bunyodkor - Nasaf 2:1
28.07.2010 Bunyodkor - Nasaf 5:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar Toshkentda jami 8 bor kuch sinashishgan. SHundan 6tasida “qaldirg'ochlar” g'alabaga erishishgan. “Nasaf” poytaxtda ushbu jamoani bir marta mag'lub eta olgan. 2012 yilda safardan durang bilan qaytgan.
Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Fikrlar