So’nggi yangiliklar

07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  1 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4

Prevyu. "Bunyodkor" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Mashal"

Bugun Oliy liganing 9-turida Muborakning "Mashal" jamoasi "Bunyodkor" mehmoni bo'ladi.

Bunyodkor (Toshkent) – Mashal (Muborak)

15 may. "Bunyodkor" stadioni. 18:30.

Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).


Ushbu jamoalar shu kunga qadar o'zaro 14 marta kuch sinashishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning yaqqol ustunligini ko'rsatmoqda. “Qaldirg'ochlar” 14 bahsning barchasida g'alaba qozonishgan. To'plar nisbati 30-1 “Bunyodkor” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 42 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Mashal”da bu ko'rsatkich hozircha 0 bo'lib turibdi.

“Bunyodkor”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0. “Mashal” hisobida g'alaba umuman yo'qligi haqida aytib o'tdik.

O'tgan mavsum 2-turda Muborakda bo'lib o'tgan bahsda “qaldirg'ocholar” ikki to'p farqi bilan zafar quchishgan. Dilshod Jo'raev hisobni ochgan bo'lsa, bahs so'nggida Vohid SHodiev yakuniy natijani o'rnatgan – 0:2. Toshkentdagi bahs esa Sardor Rashidovning benefisiga aylanib ketgan. Yarim himoyachi birinchi bo'limning o'zida 8 daqiqa ichida xet-trikka erishgan, ikkinchi bo'limda Doston Hamdamov va Akrom Komilov o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishgandi. Mo'ydin Mamazulumov “qaldirg'ochlar” darvozasiga tarixiy golni urgandi – 5:1.

Toshkentda o'tgan barcha uchrashuvlar:

10.08.2014 Bunyodkor - Mashal 5:1

15.03.2012 Bunyodkor - Mashal 1:0

05.11.2011 Bunyodkor - Mashal 2:0

05.06.2010 Bunyodkor - Mashal 3:0

12.04.2009 Bunyodkor - Mashal 3:0

26.06.2008 Bunyodkor - Mashal 2:0

10.11.2007 Bunyodkor - Mashal 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Toshkentdagi o'yinlarda “qaldirg'ochlar” 18 marta gol urishgan va barcha o'yinlarda g'alaba qozonishgan. Muborak klubi bu jamoa darvozasiga dastlabki golni o'tgan yil Toshkentdagi bahsda urgandi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика