So’nggi yangiliklar

11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  1 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1

Prevyu. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Lokomotiv"

Oliy liganing 19-turidan o'rin olgan Toshkent derbisida "Bunyodkor" va "Lokomotiv" klublari to'qnash kelishadi.

Bunyodkor (Toshkent) – Lokomotiv (Toshkent)
22 avgust 2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), D. Djalimov (Nukus)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

“Bunyodkor” va “Lokomotiv” oliy ligada 15 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning ustunligini ko'rsatmoqda.

“Bunyodkor” ushbu raqibni 8 marta mag'lub etgan. 4ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. “Lokomotiv” hozirgacha “Bunyodkor”ni 3 marta mag'lub eta olgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 25ta gol urgan, “Lokomotiv” futbolchilari 17 marta hamshaharlari darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 28 ochkoga ega bo'lgan, “temiryo'lchilar” hisobida 13 ochko bor. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:0ga teng. “Lokomotiv”ning eng yirik g'alabasi – 3:0.

Birinchi davrada “Lokomotiv” mezbon bo'lgan o'yinda yirik hisob qayd etilgan edi. Temurxo'ja Abduxoliqov, katta Jasur Hasanov va Ruslan Koryan tomonidan urilgan gollar “temiryo'lchilar”ga 3:0 hisobidagi g'alabani keltirgandi. O'sha o'yinda Eldor SHomurodov qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.

“Bunyodkor” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
11.04.2014 Bunyodkor - Lokomotiv 1:1
04.07.2013 Bunyodkor - Lokomotiv 1:1
22.04.2012 Bunyodkor - Lokomotiv 1:1
16.10.2010 Bunyodkor - Lokomotiv 1:0
24.10.2009 Bunyodkor - Lokomotiv 2:1
02.05.2008 Bunyodkor - Lokomotiv 2:0
17.03.2007 Bunyodkor - Lokomotiv 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” maydonida bo'lib o'tgan 7ta o'yinning to'rttasida mezbonlar g'alaba qozongan. Qolgan uchta uchrashuvda durang kuzatilgan. “Temiryo'lchilar” bu jamoa maydonida umuman g'olib bo'lmagan. “Bunyodkor” maydonida o'tgan oxirgi uchta bahsda bir xil 1:1 hisobi qayd etilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика