Prevyu. "Bunyodkor" - "Andijon"
20 iyu 2016 09:40
Yangiliklar
Bunyodkor (Toshkent) – Andijon (Andijon)
20 iyun 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar: N. Qosimov (Qarshi), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Kalinin (Qarshi), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.
Bu ikki klub o'zaro 16 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “Qaldirg'ochlar” 13ta o'yinda g'oliblik nashidasini surishgan. 3ta o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” o'z tarixida bu raqibni umuman enga olmagan. To'p kiritish borasida ham ustunlik o'z-o'zidan “Bunyodkor” tomonida – 30:6. O'zaro o'ynlarda “Bunyodkor” 42 ochkoni qo'lga kiritgan. “Andijon” esa hozirgacha 3 ochko ishlab olgan.
“Bunyodkor”ning “Andijon” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. “Andijon” hisobida g'alaba yo'qligni aytib o'tdik.
O'tgan yil birinchi davrada Andijonda o'tgan o'yinda “Bunyodkor” g'alaba qozongan. Sato Minori birinchi bo'limda, Dostonbek Hamdamov ikkinchi bo'limda “burgutlar” darvozasiga to'p kiritib “qaldirg'ochlar”ga g'alaba keltirgan – 2:0. Toshkentda Dostonbek Hamdamovning ikkita goli, Vohid SHodiev va Sato Minorining gollari “Bunyodkor”ning yirik g'alabasini taminlagandi – 4:0.
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
31.10.2015 Bunyodkor - Andijon 4:0
14.06.2014 Bunyodkor - Andijon 2:0
04.08.2012 Bunyodkor - Andijon 0:0
25.04.2011 Bunyodkor - Andijon 3:1
22.05.2010 Bunyodkor - Andijon 1:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” Toshkentda o'tgan o'yinlarda 7 marta g'alabaga erishgan. “Burgutlar” bu raqib maydonidan faqat bir bor (2012 yil) durang bilan qaytgan. “Andijon” safarda “Bunyodkor” darvozasiga bitta gol urgan.
Fikrlar