So’nggi yangiliklar

23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  1 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  0 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  8 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  1 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  3 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   2 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  7 19:13ПРО-Лига. "Бухоро" ўз уйида "Машъал"га имкониятни бой берди  10 19:10Расман: "Акрон" Артём Дзюба трансферини эълон қилди  4 18:47Де Брюйне "Ман Сити" сардори бўлишни истамайди  0 18:12Расман: "Арсенал" Артета билан шартнома узайтирилганини эълон қилди  0

Prevyu: Bugun Evropa Ligasida Milan - Dyudelanj o'yini bo'lib o'tadi Yangiliklar

Prevyu: Bugun Evropa Ligasida Milan - Dyudelanj o'yini bo'lib o'tadi

Teglar :  MilanDyudelanj
Evropa Ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvlari oldidan Milan - Dyudelanj bahsiga oid qiziqarli malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Guruhdagi holat

“Milan” Ispaniyaning “Betis”iga qarshi ikki uchrashuvda ham biroz omadsizlikka uchradi. Uyda 1:2 hisobda mag'lub bo'ldi, safarda esa 1:1 bilan durrang natijani qayd etdi. Jennaro Gattuzo shogirdlari safarda “Dyudelanj” (1:0) va uyda “Olimpiakos” (3:1) ustidan g'alaba qozonishdi. Hozirda ularning hisobida 7 ochko bor.

“Dyudelandj” milanliklar bilan eng omadli o'yinini o'tkazgandi. Topmyoller shogirdlari o'shanda 0:1 bilan mag'lub bo'lishgan bo'lsa-da, yomon o'yin ko'rsatishmadi hattoki, bir necha marotaba xavfli zarbalar yo'llashdi. “Olimpiakos” bilan o'yinlar 0:2 va Greciyada yirik (1:5) hisob bilan engilishdi. Biroq aynan o'sha o'yinda kiritilgan 1ta gol jamoaning Evrokubokdagi debyut goli bo'lib tarixga kirdi. Keyingi omadsiz o'yin esa “Betis” jamoasi bilan bo'ldi. Ispaniyaliklar o'shanda Lyuksemburg jamoasini 0:3 hisob bilan mag'lub etgan edi.  


Lyuksemburg klubining pley-offga chiqish uchun hech qanday imkoniyati qolmadi. Lekin “Milan” esa “Betis” va “Olimpiakos” bilan birgalikda pley-offga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun jon-jahdi bilan harakat qilishi kerak.

— Lyuksemburg shahri jamoasi Evrokubokda o'zining debyut mavsumini o'tkazmoqda. To'g'ri, uni omadli deb bo'lmaydi. Biroq u moliyaviy ahvoli va guruhdagi eng kuchsiz jamoalardan biri ekani bilan shu turnirda ishtirok etishining o'zi ham katta yutuq desak mubolag'a bo'lmaydi. Jamoa o'zining chempionatida 3 pog'onani egallagan. “Dyudelanj” so'nggi 5ta o'yinning 3tasida g'alaba qozonib, bir martta mag'lub bo'ldi va 1 bora durrang natija qayd etdi.

— “Milan” klubi “Lacio” bilan bo'lgan o'yinda g'alaba qozonolmadi. Jamoa “Olimpiakos” bilan 1:1 hisobda durrang o'ynab, 1 ochkoga ega bo'ldi. Jennaro Gattuzo shogirdlari Italiya CHempionati turnir jadvalida 5-o'rinni band etib turibdi. “Rossoneri” so'nggi 5ta bahsda 8ta gol o'tkazib yubordi. Klub bu mavsumda juda ko'p narsani qo'ldan boy bermoqda. “Milan” chempionatning bor yo'g'i 1ta uchrashuvida to'pni o'tkazib yubormadi.

— “Milan” jamoasi himoyachilari Mateo Musakkio, Alessio Romanoli va Mattia Kaldara uchrashuvda ishtirok etolmaydi. O'yindan chetlashtirilgani uchun ispanyalik yarim himoyachi Samuel Kastilexo bahsni o'tkazib yuborsa, Frank Kesse esa bu safargi o'yinda qatnashishga tayyor emas. SHuningdek, yana ikki yarim himoyachi:Jakomo Bonaventura tizzasidan jarohat olgani tufayli 2019 yilning yozigacha, argentinalik Lukas Bilya esa mart oyigacha maydonga tusholmaydi.

—Lyuksemburg jamoasining muammosi tarkib bilan bog'liq. Faqatgina Jonatan Juberning o'yinda ishtirok etish yoki etmasdigi hali aniq emas.


Kimlarga etibor berish lozim?

Patrik Kutrone
Milanliklarning asosiy o'yinchilaridan biri Patrik doim boshqalardan ajralib turadi. Italiyalikning gollari doim “Milan” uchun muhim bo'lgan. Aynan u tufayli ular “Sampdoriya” va “Roma” ustidan g'alaba qozonishgan. Bundan tashqari, Kutrone “Betis”ga qarshi bahsda ham o'zini namoyon eta oldi. Lekin uning goli “Milan” ispanlarni mag'lub etishida yordam berolmadi. Halqaro tanaffus vaqtida Patrik 21 yoshgacha bo'lgan Italiya terma jamoasining 2ta o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Lekin birorta ham gol ura olmadi.  

Landri Bonnfua
Lyuksemburg jamoasiing franciyalik darvozaboni Landri Evropa Ligasi doirasidagi eng yorqin o'yinchilardan biri hisoblanadi. Ha, so'nggi 2ta o'yinda 7ta gol o'tkazib yuborgan bo'sa-da, klub posboniga yaxshi baho berishdi. Bonnfua “Dyudelandj”ga o'tguniga qadar, Franciya ligasining za “Amen”, “Bastiya” va “SHatoru” klublarida faoliyat yuritgan. Uning oxirgi klubi “Strasburg” bo'lgan va franciyalik uning 4ta bahsida ishtirok etgan edi, xolos.

Qiziqarli faktlar

— “Milan” 10ta o'yinning 9tasida gol o'tkazib yuborgan
— “Dyudelandj” Evropa Ligasi doirasidagi 3ta o'yinda mag'lubiyatga uchragan
— “Milan” hozirgi mavsumning uyda bo'lib o'tgan 8ta bahsning 2tasida mag'lub bo'lgan (5ta g'alaba va 1ta durrang).

Tahminiy tarkiblar


Har ikki murabbiy ham 4-4-2 sxemasidan foydalanishi kutilmoqda. “Milan” boshlang'ich tarkibda bir nechta o'zgarish qilishi mumkin. Dastlabki daqiqalardan Donnaruma maydonga tushirilmasa kerak. SHuningdek, markaziy yarim himoyada ham ham o'zgarishlar bo'lishi mumkin.  

Milan — Dyudelanj: kim kuchli?

Lyuksemburgdagi uchrashuv italiyalik mehmonlar uchun o'ta og'ir o'tgan bo'lsada, milanliklar favorit hisoblanadi. “Rossoneri” uydagi bahslarda o'ziga bo'lgan katta ishonch bilan harakat qiladi. Bu yilgi mavsumda “Milan” klubi “San Siro”da faqatgina “Yuventus” hamda “Betis”ga engildi xolos. “Dyudelanj” Evropa Ligasi doirasidagi barcha o'yinlarida mag'lubiyatga uchragan. Jamoa 8ta gol o'tkazib yuborgan va tarkib bilan bog'liq bazi muammolari ham bor. SHunday ekan, “Milan” futbolchilari raqibdan har jabhada kuchliroq ekani yaqqol namoyon bo'lmoqda. Ammo maydon tekis, to'p yumaloq deyishadiku, amalda nima bo'lishini bugun tunda bilib olamiz.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика