So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Prevyu. Barca - Juve, Messi & Dibala/Buffon va boshqa o'yinlar haqida Yangiliklar

Prevyu. Barca - Juve, Messi & Dibala/Buffon va boshqa o'yinlar haqida

Barcha orziqib kutgan Evropa chempionlar ligasining yangi 2017/2018 yilgi mavsumiga start beriladi.


Seshanba kuni, yani bugun to'rtta guruhda 1-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Ertaga esa qolgan to'rtta guruhda o'yinlar o'tkaziladi.

Biz avvalo "A" guruhiga to'xtalib o'tamiz.

Ushbu guruhda favorit jamoa aniq. Buni guruhdagi qolgan uchta jamoa vakillari ham to'g'ri tushunib turishibdi. Ammo fakt shuki, "Manchester Yunayted" qog'ozda favorit. Maydonda esa ushbu favorit nomini amalda isbotlashga to'g'ri keladi. "Manchester Yunayted" muxlislari uchun yana bir yoqimsiz fakt shundan iboratki, MYU "Bazel", "Benfika" va CSKA jamoalari bilan bir "kvartet"dan o'rin olgan yillari guruhdan chiqolmagan.
Joze Mourinyu ushbu noxush ananaga chek qo'ymoqchi.
"Bazel", "Benfika" hamda CSKA jamoalari esa asosan ikkinchi o'rin uchun kurash olib borishlari taxmin qilinmoqda.
Ilk turda MYUning mehmoniga aylanadigan Rafael Viki jamoasining ichki chempionatdagi ko'ngildagidek emas. Jamoa SHveycariya chempionatida 3-o'rinda ketmoqda. "Bazel"ning eng og'riqli va muammoli nuqtasi bu himoya. Jamoa chempionatda o'tkazilgan 7 o'yinda 9ta gol qo'yvorgan. Bu esa "Bazel"dek jamoa uchun ichki chempionatda albatta uyatli ko'rsatkich. SHu boisdan jamoa turnir jadvalida peshqadam emas.
"Manchester Yunayted" esa yangi mavsumni ko'tarinki kayfiyat bilan boshladi. Faqatgina o'tgan haftada Joze Mourinyu shogirdlari "Stok Siti" bilan bo'lgan o'yinda mavsumdagi ilk ochkolarini yo'qotishdi.
Bu esa jamoaning g'alabali odimlarini to'xtatib qoldi.
MYU malum tanaffusdan so'ng ECHLga qaytdi. Ilk o'yin esa o'z uyida. Bu esa jamoaga nisbatan biroz bosim yuklashi aniq. "Bazel" aynan shu narsadan foydalanib qolishi mumkin.
Mourinyu esa raqibining himoyadagi muammolaridan boxabar va Pogba-Mxitaryan-Lukaku uchligi orqali aynan o'sha bo'shliqlarni qidirishi tayin.


Guruhdagi ikkinchi o'yinda "Benfika" Portugaliyada CSKAni mehmon qiladi. Rui Vitoria boshchiligidagi "Benfika" ancha tartibli o'ynaydi. "Benfika" Portugaliya chempionatini yaxshi boshladi. Jamoa hozirchaga o'tkazilgan 5 uchrashuvdan faqatgina bittasida durang qayd etdi. Qolgan barcha o'yinlar g'alaba bilan tugagan. CSKAda esa vaziyat boshqacha. Jamoa Goncharenko qo'l ostida hali o'z o'yinini topganicha yo'q. CSKA Rossiya premer ligasida ham ko'ngildagidek ishtirok eta olmayapti. Himoyadagi kamchiliklar va Akinfeevning jarohati CSKA bir muvozanatda turishiga to'sqinlik qilmoqda.
Bu o'yinda "harbiylar" Portugaliyadan bir ochko bilan qaytishsa ham katta gap. Bu to'qnashuvda favorit aniq. CSKA esa raqibining o'yinidan kelib chiqib o'ynashga majbur.


"B" guruhiga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu "kvartet"da ikki yaqqol ajralib turgan jamoalarni ko'ramiz. SHubhasiz ushbu guruhda "Bavariya" va PSJ guruhdan chiqish uchun asosiy davogar. "Anderlext" va "Seltik" esa Evropa ligasiga yo'llanma beruvchi o'rin uchun kurashishi aytilmoqda. PSJ va "Bavariya" fonida bu albatta tabiiy holat. Lekin "Anderlext" hamda "Seltik" ham shunchaki PSJ va "Bavariya"ning 1-2 o'rinni olishlarini tomosha qilib o'tirmasligi aniq. Rene Vayler va Brendan Rojers ushbu guruhda sensaciya qayd etish uchun tish-tirnoqlari bilan harakat qilishadi. SHuni ham unutmaslik kerakki, Belgiyada har qanday raqibga oson bo'lmasligi aniq. Yoki SHotlandiyada "Seltik Park"dagi "duzax"ning "qaynoq" qabuli istalgan raqibni dovdiratib qo'yadi.
Uydagi o'yin faktori evaziga ushbu ikki jamoa PSJ va "Bavariya" qarshilik ko'rsatishga urinib ko'rishi mumkin. Aks holda mahorat bobidagi daraja va tafovut baribir o'z so'zini aytishi aniq.


"Bavariya" bugun Myunxenda "Anderlext" bilan kuch sinashadi. Bundesliganing o'tgan turida mag'lubiyatga uchragan myunxenliklarning jahli chiqqan. Anchelotti aynan ECHLning ilk turiga qadar futbolchilarni toliqtirib qo'ymaslik maqsadida asosiy futbolchilariga "Anderlext" bilan o'yin oldidan dam bergandi. Bu esa yakunda "Bavariya"ga qimmatga tushdi. Endi o'sha o'yindagi muvaffaqiyatsizlik uchun ham "Bavariya" bu bahsga ikki hissa kuch bilan o'ynashga majbur.
Anchelotti esa yana o'sha o'zining avvalgi taktik sxemasi, 4-2-3-1ga qaytishi aniq. CHunki "Xoffenxaym"ga qarshi o'yindagi taktika ish bermaganini takidlagan murabbiy bu xatoni ikkinchi bor takrorlamasa kerak.
Rene Vayler boshchiligidagi "Anderlext"ning hozirgi holati havas qiladigan darajada emas. Jamoa ichki chempionatda ham ko'ngildagidek ishtirok eta olmayapti. Oltita o'yinda jami 6 ochko jamg'argan "Anderlext"ning Germaniyada "Bavariya"ga etarlicha qarshilik ko'rsatishi mo'jizaga teng.
Bu o'yinda mehmonlar o'z darvozalaridan ko'p to'p o'tkazib yubormaslik uchun harakat qilishsa kerak. CHunki yakunda "Seltik" bilan bo'ladigan raqobatda to'plar nisbati ham muhim ahamiyatga ega bo'lib qolish ehtimoli yo'q emas. Bu o'yinda favorit jamoa kimligini aytib o'tishga hojat yo'q.

SHotlandiyada esa Neymar va Mbappe bilan boyigan PSJni "Seltik Park"dagi "qaynoq" muhit kutmoqda. Brandan Rojersning ushbu to'qnashuvdagi asosiy quroli va "Seltik Park"dagi muhit bo'ladi. Qo'shimchasiga jamoa yaxshi o'ynay olsa va murabbiy ko'rsatmalarini to'liq bajarsa, balki ECHLning dastlabki sensaciyasiga sabab bo'lishi mumkin.
Emeri esa yulduzlar bilan ishlashda ko'p tajriba ega emas. Franciyada har qanday raqibni "g'ajib" qo'yayotgan PSJ uchun ECHL o'zgacha olam.
Franciya divizionidagi hokim ECHLda, kamiga "Bavariya" bor hududda o'zini xo'jayindek tuta olmaydi. Kamida hozircha ushbu statusga ega munosib ekanligini amalda isbotlagani yo'q. PSJning joriy mavsumdagi asosiy maqsadi va vazifasi aynan shu narsani amalda isbotlashdan iborat bo'ladi.
Dastlabki imtihon esa SHotlandiyada bo'ladi.


"C" guruhida birgina Ozarboyjonning "Qorabog'" jamoasini hisobga olmaganda, qolgan uchta klub deyarli teng kuchli jamoalar. To'g'ri, "CHelsi" va "Atletiko" "Roma"ga nisbatan daraja bo'yicha ham yuqoriroq turishadi. Ammo "Roma" klubi ham ko'pni ko'rgan va elit jamoalarga doim raqobatchilar qatorida bo'lgan raqib. Yani "Roma" grand jamoalarga qarshi qanday o'ynashni biladi va bu kabi raqobatlarda pishgan.
Konte esa "CHelsi"ni bir yillik tanaffusdan keyin ECHLga qaytardi. Antonio Konte bunga qadar "Yuventus" bilan ham ECHLda ishtirok etgan. Ammo Kontening ECHLdagi ishtiroki doim muvaffaqiyatli chiqmagan. Konte "Yuventus" bilan ECHLda guruhda qolib ketgan mavsumdan keyin istefoga chiqarilgandi. Ushbu mutaxassis boshqaradigan jamoalar uchta frontda bir xil tempda harakat qilishda muammoga duch keladi.
Konte "CHelsi" bilan bu muammoni bartaraf etishi lozim. Joriy mavsumda "CHelsi" nafaqat APLda, balki ECHLda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishni mo'ljallamoqda. Ammo guruhdan chiqishni o'zi ham hozirda ushbu "kvartet"dagi jamoalarga etarlicha bosh og'riq taqdim etadi.



"Roma" esa o'zgarishlar davrini boshdan o'tkazmoqda. Rim imperatori Tottining jamoadan ketishi, Spalettining o'rniga  Eysebio Di Franchesko kelishi jamoani yangilanayotganidan darak.
Hozirgi jamoa o'tgan yilgiga qaraganda kuchaymagani aniq. Kuchsizlandimi, degan savolga esa javob berishga shoshilmay turgan maqul.
Transfer bozorida ham jamoa asosan etakchilarini yo'qotish bilan band bo'ldi. Faqat birgina Kolarovning jamoaga qo'shilishi chap qanotni jonlantirgani bor gap.

"Atletiko" va Diego Simeone esa ECHLda qanday o'ynashni biladiganlar xilidan. Jamoa har safar kamida yarim finalga qadar etib kelayotgani jamoaning darajasi allaqachon top klublar qatoriga yaqinlashganidan darak beradi. SHu boisdan ham "Atletiko"ning bu yilgi maqsadlari ham jiddiy ekanligiga shubha yo'q. "Kvartet"da alohida bir jamoani ajratib ko'rsatish lozim bo'lsa, unda "Atletiko" aytish mumkin. ECHLda o'ynash xadisini olgan "matraschilar" Simeonening ayyor taktik yurishlari bilan ko'pchilikni qiynab qo'yishlari tayin.
Ushbu guruhda barcha Antonio Konte va Diego Simeone qarama-qarshiligini kutmoqda. Ikkita himoyada o'ynash bo'yicha etuk mutaxassislar janggida kim g'olib chiqishini ko'rish qiziqarli bo'ladi.
Ammo bu o'yinga qadar jamoalar birinchi turda boshqa raqiblar qarshiligiga duch kelishadi.

Guruhning yagona autsayder jamoasi - "Qorabog'". Ozarboyjonning "Qorabog'" jamoasi birinchi bor ECHLda ishtirok etishadi. Debyutant jamoa guruhda ochko ulashuvchi raqibga aylanib qolmaslikka harakat qilishiga shubha yo'q. "Qorabog'"dan barcha har turda sensaciya kutadi. Buni ular qanchalik uddalay olishadi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi.
Muhimi, "Qorabog'" muxlislari jamoasining har bir o'yinidan zavq olishi shubhasiz. Har turda jamoa grand jamoalarga qarshi to'p tepadi. Mahalliy ishqibozlar esa Konte, Simeone hamda "Roma"dagi yulduz futbolchilarning o'yinlaridan bahramand bo'lishadi.
"Qorabog'"ning uy uchrashuvlarining barchasi ishqibozlar uchun futbol bayramiga aylanib ketadi. Asosiy motivaciya shu.

Guruhdagi dastlabki o'yinda "CHelsi" debyutant "Qorabog'"ni qabul qilsa, Rimda Simeone qo'mondonligi ostidagi "armiya" mehmon bo'ladi.
Rimdagi o'yin gollar-shousiga aylanib ketishi haqiqatdan yiroqroq. Italiya jamoasiga qarshi, italiyalik mutaxassis bilan Diego Simeone bilan albatta taktik kurash bo'ladi. Bu erda murabbiylarning taktik salohiyatlari barchasini belgilab beradi.

Gurban Gurbanov esa Londonda Antonio Kontedan yaxshigina mahorat darsini olishi shubhasiz.


To'rtinchi guruh, yani "D" "kvarteti"ga navbat.

Bu erda Jahon futbolining ikki "yo'lbars" jamoalari - "Barselona" hamda "Yuventus" birga tushishgan. Ularga "sher"lik qilish vazifasi esa Greciyaning  "Olimpiakos" va Portugaliyaning "Portu" jamoalari zimmasida.

"Yuventus" bilan uch mavsumda ikkita finalga chiqqan va ikkisida mag'lub bo'lgan Allegrining motivaciyasi aniq. Bu safar o'sha ikkita finaldagi alamli mag'lubiyat uchun o'ch olish. Buning uchun esa "Yuventus" yana hammasini boshqattan boshlashga majbur.
Transfer bozorida faollik ko'rsatgan turinliklarda yo'qotish va yangi xaridlar etarlicha bo'ldi. Bonuchchi va Dani Alveshning ketishi "Yuve"ni kuchsizlantirdi, deydiganlar adashadi.
CHunki "Yuventus"dek jamoaning birgina markaziy himoyachi bilan kuchsizlanib qolishi haqiqatdan yiroq. Garchi uning nomi Bonuchchi bo'lsada. Dani Alvesh borasida ham shu fikrni bildirish mumkin. Alvesh "Yuventus"ning o'tgan yili ECHLdagi muvaffaqiyatiga etarlicha o'z ulushini qo'shdi. "Yuventus" esa uning o'rnini De SHilo bilan to'ldirdi. Bonuchchining o'rniga Xevedes sotib olindi. Ammo undan tashqari jamoa zaxirasida turgan Rugani asta-sekin asosiy tarkib futbolchisiga aylanmoqda. Bonuchchining o'rniga voris sifatida aynan Ruganini ko'rsatish mumkin. Rugani potencial jihatdan Bonuchchidan kuchliroq ko'rinmoq.
SHuningdek, Duglas Kosta, Bernardeski, Matyuidi kabi futbolchilar ham "byankonerilar"ni o'yinining kuchayishiga xizmat qilishi aniq.
Ammo ushbu xarid qilingan futbolchilardan faqatgina Matyuidi asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Duglas Kosta va Bernardeski hozircha moslashish jarayonida. De SHilo esa ECHLda jamoaning asosiy futbolchisi bo'lishi kutilmoqda. CHunki uning nuqtasida o'ynaydigan Lixtshtaynerni "Yuventus" ECHL qaydnomasiga kiritmagan. Allegri esa o'ng qanot himoyasida De SHiloni yoki himoyaviy o'ynash kerak bo'lib qolgan paytda bazan Barcalini o'ynatishi mumkin.


"Barselona"da ham o'tgan yilgi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng o'zgarishlar kuzatildi. Yozdagi transfer bozoridagi o'zgarishlar ham "Barsa" uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. PSJ Neymarning "Barselona"dan yulib ketishi butun kataloniyaliklar uchun yana bir qattiq zarba bo'ldi. Bundan keyin Neymarning o'rnini to'ldirish borasida ham klub muammolarga duch keldi. Sotib olmoqchi bo'lgan futbolchilari bilan muzokaralardagi cho'zilishlar "Barselona" muxlislarining yuragiga g'ulg'ula soldi. "Liverpul"dan Koutino olish amalga oshmagan bo'lsada, ammo yakunda "Barsa" baribir Neymarning o'rniga ko'zlangan Dembeleni nishonga oldi.
Bu esa kataloniyaliklarni biroz tinchlantirdi.
Neymarning ketishi va Dembelening kelish jarayonida "Real"dan ko'rilgan talofat jamoa muxlislari yuragiga yara paydo qilgandi. Biroq mavsum boshlanganidan keyin Ernesto Valverde "Barselona" bilan ketma-ket g'alabalarni qo'lga kiritishni boshladi. Jamoa o'yini asta-sekin o'z iziga tushdi. Primeroda jamoa peshqadamga aylandi. Kayfiyat butkul o'zgardi. Demak mavsum boshlanishi arafasida muhit hozirga kelib yaxshi tomonga o'zgargani aniq.
"Olimpiakos" va "Sporting" esa "B" guruhidagi "Anderlext" hamda "Seltik"ni rolida gavdalanishadi. chiqmagan jondan umid, deganlaridek, bu ikki klub ushbu "kvartet"da shov-shuv ko'tarishga harakat qilishadi.

ECHLda 1-turning markaziy uchrashuvi shubhasiz Kataloniyada o'tadi.
O'tgan yilgi chorak finaldagi raqiblar yana o'zaro duch kelishadi. "Barselona"ning "Yuventus" alami bor, Messining esa Buffonga atab qo'ygan gollarini Leoning o'zi ham sog'inib qolgani aniq. Qariya Jiji esa Messining zarbalarini qaytarishdan charchamayapti. Argentina terma jamoasidagi Messi va Dibala o'rtasidagi bu safargi duelda kim g'olib chiqadi? Messimi yoki Dibala? O'tgan yili Dibala Messini mag'lub etgandi. Bu galchi?
Allegrining taktik qarashlariga Ernesto Valverde qay tariqa javob bera oladi? "Yuventus" har holda Ispaniya primerosidagi "Alaves", "Betis" yoki "Espanol" emasligini unutmagan maqul.
Valverde "Barsa" ustozi sifatida "Yuventus"ga qarshi yana bir jiddiy imtihondan o'tadi.

Bu o'yin "Barselona" va Ernesto Valverde uchun alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
"Yuventus" ham ECHLni ko'tarinki kayfiyatda boshlashni istaydi. Allegri ilk uchrashuvdayoq jiddiy chorlovga labbay, deb javob qaytarishga tayyormi?  
Bu to'qnashuv atrofida savollar juda ko'p. Ammo javobni "Kamp Nou"dagi bahsdan so'ng olamiz.

Messi bugun nafaqat Dibala bilan, balki Buffon bilan ham o'zaro hisob-kitobini amalga oshirishi lozim.


Messi-Dibala qarama-qarshiligida hozircha Paulo g'olib bo'lib turibdi. Messi bu to'qnashuvda ham tarozi pallasini o'z tomoniga og'dirib olishni eplay olarmikan? Ko'ramiz.

Guruhning ikkinchi uchrashuvi Greciyada bo'lib o'tadi. "Olimpiakos" "Karaiskaki"da "Sporting"ni mehmon qiladi. Hozircha o'z chempionatlarida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bu ikki jamoalarning o'zaro to'qnashuvi qiziq o'tishi tabiiy. Guruhda kim ikkinchi va uchinchi bo'lishga davogarlik qilishini ko'p jihatdan belgilab beradigan bahsda kichik ustunlik o'z devorlari oldida o'ynaydigan "Olimpiakos" tarafida.

ECHL, 1-tur.

"A" guruhi

"Benfika" - CSKA

"Manchester Yunayted" - "Bazel"

"B" guruhi

"Bavariya" - "Anderlext"

"Seltik" - PSJ

"C" guruhi

"CHelsi" - "Qorabog'"

"Roma" - "Atletiko"

"D" guruhi

"Barselona" - "Yuventus"

"Olimpiakos" - "Sporting"

Uchrashuvlarning boshlanish vaqti: 23:45

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика