So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  4 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  14 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  6 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  1 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  9 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Prevyu. "Atalanta" – "Valensiya" Yangiliklar

Prevyu. "Atalanta" – "Valensiya"

Bugun CHempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Italiyada "Atalanta" Ispaniyaning "Valensiya"sini qabul qiladi.

Jamoalarning turnirdagi yo'li

"Atalanta" — CHempionlar Ligasi debyutanti hisoblanadi. Hozircha Bergamo klubi yorqin o'yinlar namoyish etmoqda. Lekin guruh bosqichining 3-turidan so'ng ham bergamoliklar ochko ololmagandilar. 4-turda esa "Atalanta" Milan shahrida "Manchester Siti" jamoasi bilan durang qayd etdi. Keyin esa Zagrebning "Dinamo" klubi hamda "SHaxtyor" jamoasi ustidan g'alaba qozondi. Guruhda ikkinchi o'rinni egallash va pley-off bosqichiga chiqish uchun Jan Pero Gasperini shogirdlariga 7 ochko etarli bo'ldi.

"Valensiya" esa "N" kvartetida "CHelsi" va "Ayaks"ni ortda qoldirib, birinchi pog'onani egalladi. So'nggi o'yinda futbolchilar o'z foydasi uchun vaqtni cho'zganlarini endi nima ahamiyati bor to'g'rimi? Axir eng asosiysi — ijobiy natijaga erishdilar-ku!


Muhim jihatlar

"Atalanta" ko'p gol uradi, ammo CHempionlar Ligasi uchrashuvlarida emas

Jan Pero Gasperini jamoasi A Seriya o'yinlarida ko'p gol urish bo'yicha boshqalardan sezilarli farq bilan oldinda. Muxlislar bunga o'rganib ham ulgurishgan. Yosip Ilichich va Luis Murel o'ndan ortiq gol urdilar, jamoaning asosiy forvardi Duvan Sapata hisobida esa 9ta gol bor. Agar "Atalanta" 2ta gol ursa, g'olib bo'ladi. Ammo bu "qoida" faqatgina "Jenoa"ga qarshi o'yinda ish bermagandi — 2:2. So'nggi to'rt turda raqiblar bergamoliklardan 13ta gol qabul qilib oldilar, ularning 7tasi "Torino" darvozasiga kiritilgan.

Biroq "Atalanta" ECHLning 6 turida 8ta gol urishga erishdi. Taqqoslash uchun: "Bavariya" — 24ta gol urdi, PSJ — 17ta, "Manchester Siti" esa — 16ta. Hattoki, "Valensiya" klubi ham guruh bosqichida Bergamo klubidan bitta ko'p gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Yosip Ilichich ECHLda hali bitta ham gol urolmagan. "Valensiya" buning uchun qulay raqib-mi?

Sloveniyalik yarim himoyachi ECHL doirasidagi bahslarda hali birorta ham gol urolgani yo'q. Bu "annani" endi "Valensiya"ga qarshi bahsda tuzatishi lozim. Qishda Yosip Ilichichni deyarli to'xtatib bo'lmadi. Barcha turnirlarda so'nggi 9ta bahsda bergamoliklar etakchisi 10ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi. Ayniqsa ular orasida "Torino" darvozasi tomon yo'llangan xet-trik va maydon markazidan urilgan fantastik gol alohida ajralib turibdi.




Bundan tashqari, yana bir narsaga etibor qaratish darkor. To'purarlar poygasida CHiro Immbole (26) va Krishtianu Ronaldu (20) boshqa futbolchilardan ancha ilgarilab ketishgan. Ha, "Atalanta" to'xtovsiz gol ursa ham, Yosip Ilichich ularga etib olishi juda qiyin bo'lsa kerak. Biroq sloveniyalik o'yindan gol urish bo'yicha A Seriya peshqadami hisoblanadi. Taqqoslash uchun: CHiro Immobile 10ta penaltidan unumli foydalandi, Ronaldu esa 7ta. "Atalanta"da penaltilar uchun Luis Murel javobgar.


"Valensiya" asosiy muammosi tarkib bilan bog'liq

Mehmonlar bosh murabbiyi boshlang'ich tarkib borasida ancha bosh qotirishiga to'g'ri keladi. Ayniqsa, himoya chizig'iga katta etibor berishi lozim. Jarohat tufayli markaziy himoyachilar Gabriel Paulista va Esekiel Garay, shuningdek yaqinda "Roma"dan kelgan Alessandro Florenci sog'lig'i yomonlashgani tufayli Milanda bo'lib o'tadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Hujumda esa Rodrigosiz o'ynashga to'g'ri kelmoqda. Qaydnomaga 3ta darvozabon hamda Terri Korreyya va Gillem Molina kiritilgan. SHuningdek, yaxshi yangiliklardan biri Albert Selades bu uchrashuvda Denis CHerishev va Gonsalu Guedesh xizmatidan foydalanashi mumkin bo'ladi.

Muhim qaror — asosiy golkiperni tanlash. Yasper Sillessen "Atalanta"ga qarshi bahsda qaydnomaga kiritilgan. Golkiper guruh bosqichining 5ta o'yinida ishtirok etdi. SHu bilan birga, uning o'rinbosari Xaume Domenek Amsterdamda o'tgan "Ayaks"ga qarshi hal qiluvchi bahsda quruq o'yin o'tkazgandi. 29 yoshli futbolchi dekabr o'rtalaridan buyon "Valensiya" darvozasini munosib turzda himoya qilmoqda.

"Atalanta"ning tarkib bilan hech qanday muammosi yo'q, hammasi ideal darajada. Barcha muhim futbolchilar maydonga tushishga tayyor bo'lib turishibdi.


Taxminiy tarkiblar

"Atalanta" uchun eng muqobil uslub 3ta markaziy himoyachidan iborat taktikadir. Jan Pero Gasperini o'zgarishlarni xush ko'rmaydi. Asosiy variant 3-4-1-2 taktik sxemasidir. Agar o'yinchilar haqida gapiradigan bo'lsak, maydon markazida biror xavbek o'rniga Mario Pashalich tushishi mumkin.

"Valensiya" esa 4-4-2 joylashuvidan foydalanishi kutilmoqda. Albert Seladesning aniq bir tanlovi yo'q. Himoya markazida Muktar Diakabi va Elyakim Mangalya juftligi bo'ladi.


"Atalanta" vs "Valensiya"

Guruh bosqichida birinchi o'rinni egallash 1/8 finalning ilk o'yinini raqib maydonida o'tkazish imkonini berardi. Ha, bugun "Valensiya" bundan xursand emasligi aniq. Ispaniya jamoasining bir qator futbolchilari jarohat tufayli bahsni o'tkazib yuboradi. Mehmonlarning bosh murabbiyi Albert Selades bellashuv davomida o'yin borishiga tasir o'tkazish uchun deyarli hech qanday varianti yo'q. Bu ham etmagandek, "Valensiya" Evropaning eng kuchaygan jamoasi uyiga tashrif buyuradi.

Yanvarda "Atalanta" inqirozga uchrashi mumkinligi haqida gap-so'zlar tarqagandi, ammo jamoa darhol bu muammoni hal qildi. Hozir Gasperini shogirdlari ko'p gol urib, g'alaba qozonishmoqda. SHuningdek, bergamoliklar A Seriyada to'rtinchi o'ringa chiqib oldilar. Ular buyog'iga ham shu tempda harakat qilsalar, ikkinchi marotaba CHempionlar Ligasiga chiqishlariga hech kim to'sqinlik qilolmasligi aniq. Qura natijasiga ko'ra, klub bu mavsum yanada uzoqroqqa o'tish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

"Atalanta" uyda 2ta to'p (yoki ko'proq) farq bilan "Valensiya" ustidan g'alaba qozonishi shart. Sababi, uch haftadan so'ng javob uchrashuvi bo'lib o'tadi va jarohat olganlar maydonga qaytadi. Agar ispanlar qoniqarli natija yoki kichik hisobda imkoniyatni boy bersalar ham, o'z uylarida tajriba hisobiga "Atalanta"ni engishlari mumkin bo'ladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика