So’nggi yangiliklar

14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  7 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:21Расман: Расул Йўлдошев — "Динамо" футболчиси  4 10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  5 10:20"Тоттенхем"га Германия МТЖ аъзоси керак  0 09:51"Вулверхэмптон" АПЛнинг антирекордини ўрнатди  0 09:23Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"  3 08:50"Машъал"да нима гаплар? Жамоани бир қатор футболчилар тарк этган  5 08:14Арне Слот: "Виртц "Ливерпуль" учун ҳали кўплаб голлар уради"  1 07:33Эрон ОАВ Сергеевнинг "Сепахон"даги ойлигини маълум қилди  18

Prevyu. "Andijon" - "SHo'rtan" Yangiliklar

Prevyu. "Andijon" - "SHo'rtan"

Andijonda Edgar Gess boshchiligidagi "Andijon" klubi o'z muxlislari qarshisida Muxtor Qurbonov boshqaruvidagi "SHo'rtan" klubini qabul qiladi.
Andijon (Andijon) – SHo'rtan (G'uzor)
2 may. Andijon. “Sog'lom Avlod” stadioni. 16:30
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi: A. Xotamov (Tashkent).
 
Bu ikki klub o'zaro 14 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Andijon”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Andijonliklar 7 o'yinda g'alaba qozonishgan, 2 uchrashuv durang bilan yakunlangan. “SHo'rtan” hisobida 5 ta g'alaba bor. To'p kiritish borasida ham ustunlik “Andijon” tomonida – 19:18. O'zaro o'ynlarda “Andijon” 23, “SHo'rtan” esa 17ochkolik bo'lgan.

“Andijon”ning “SHo'rtan” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0. “SHo'rtan”ning eng yirik g'alabasi esa – 6:1 bo'lib turibdi.

O'tgan mavsumda “SHo'rtan”, undan oldingi yilda “Andijon” oliy ligada o'ynamagan. SHu bois bu jamoalar o'rtasidagi so'nggi bahslar 2012 yil bo'lib o'tgan. O'sha yil “SHo'rtan” har ikkala bahsda ham g'olib chiqqan. Andijondagi bahsda Ikrom Ibragimov o'z darvozasiga gol urib qo'yib hisobni ochgan. Abbos Omonov ikkinchi bor mezbonlar darvozasiga to'p kiritgan. Birinchi bo'lim so'nggida Lochin Soliev hisobni qisqartiruvchi golga mualliflik qilgan – 1:2. G'uzorda esa “SHo'rtan” yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritgan. Igor Taran (ikkita), Botir Qodirqulov, Farhod Tojiev, Patrik Agbo, Ilnur Xazigaliev mezbonlar safida, Maqsud Haitov esa mehmonlar tarkibida to'p kiritgan – 6:1.

Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:    
20.06.2012  Andijon – SHo'rtan  1:2
16.05.2011  Andijon – SHo'rtan  3:0
25.09.2010  Andijon – SHo'rtan  2:1
14.08.2009  Andijon – SHo'rtan  2:1
05.07.2008  Andijon – SHo'rtan  3:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt : SHo'rtan shu kunga qadar oliy ligada Andijondan faqat bir marta g'alaba bilan qaytgan (2012 yil). Bo'lib o'tgan 7ta o'yinning 6tasida “burgutlar” zafar quchishgan. Vodiyda bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlarda umuman durang qayd etilmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика