So’nggi yangiliklar

09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  8 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  16

Prevyu. "Andijon" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Andijon" - "Navbahor"

Oliy Liganing 9-turida vodiy derbisiga guvoh bo'lamiz.

Andijon (Andijon) – Navbahor (Namangan)

16 may. 2015 yil. Andijon. "Sog'lom avlod" stadioni. 16:30.

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent)


Vodiyning bu ikki klubi o'zaro 42 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Navbahor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Lochinlar” 22 o'yinda g'alaba qozonishgan, 12 uchrashuv durang bilan yakunlangan. “Andijon” hisobida 8ta g'alaba bor. To'p kiritish borasida ham ustunlik “Navbahor” tomonida – 66:42. O'zaro o'ynlarda “Navbahor” 78, “Andijon” esa 36 ochkolik bo'lgan.

“Navbahor”ning “burgutlar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0. “Andijon”ning eng yirik g'alabasi esa – 5:1 bo'lib turibdi.

O'tgan mavsum 8-turda Kosonsoyda bo'lib o'tgan o'yinda Otabek Valijonov, SHaxboz Erkinov va Baxtiyor Yoqubovning gollari evaziga “lochinlar” 3:0 hisobida zafar quchishgandi. Andijonda esa mezbonlar zafar quchishgan. Abdulatif Abduqodirov, Aziz Ibragimov, Abbos Maxstalievning gollariga namanganliklar safida SHaxboz Erkinov javob bergandi – 3:1.

Andijon uyida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.09.2014 Andijon - Navbahor 3:1
10.08.2012 Andijon - Navbahor 0:1
01.10.2011 Andijon - Navbahor 0:0
05.08.2010 Andijon - Navbahor 5:1
04.04.2009 Andijon - Navbahor 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt:  “Andijon” o'z tarixida bugunga qadar o'z maydonida “Navbahor”ni 8 marta mag'lub etgan. Yana 7ta uchrashuv durang bilan tugagan. Qolgan 6ta bahsda “lochinlar” zafar quchishgan. 


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика