Prevyu. "Andijon" - "Lokomotiv"
11 mar 2016 09:00
Yangiliklar
Prevyu. "Andijon" - "Lokomotiv"
Andijon (Andijon) – Lokomotiv (Toshkent)
11 mart 2016. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 16:30
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Usmonov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
“Andijon” va “Lokomotiv” oliy ligada jami 18 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Lokomotiv”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 11ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 3ta o'yinda durang qayd etilgan. 4 uchrashuvda esa “burgutlar” zafar quchishgan. To'plar nisbatida ham “Loko” oldinda - 31:19. O'zaro o'yinlarda “temiryo'lchilar” 36 ochkoni, “Andijon” esa 15 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1 ga teng. “Andijon”da bu ko'rsatkich 5:0 bo'lib turibdi.
2015 yil birinchi davrada “Lokomotiv” Sanjar SHoahmedov va Salim Mustafoevning gollari evaziga g'alaba qozongandi – 2:0. Vodiyda kechgan uchrashuvda mezbonlar safida Anvar Berdiev, mehmonlar safida Temur Kapadze va Sanjar SHoahmedov gol urgandi – 1:2.
Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.09.2014 Andijon - Lokomotiv 1:2
12.09.2014 Andijon - Lokomotiv 1:2
14.09.2012 Andijon - Lokomotiv 0:1
01.05.2010 Andijon - Lokomotiv 2:0
01.03.2009 Andijon - Lokomotiv 0:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Andijon” o'z maydonidagi 3ta uchrashuvda 3 ochko sohibiga aylangan. Bir bor durang qayd etilgan. Qolgan 5ta bahsda “Lokomotiv” vodiydan g'alaba bilan qaytgan. Oxirgi uch uchrashuvda “temiryo'lchilar” Andijonda uch bor g'olib bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar