Prevyu. "Andijon" - "Lokomotiv"
25 sen 2015 09:20
Yangiliklar
Prevyu. "Andijon" - "Lokomotiv"
Andijon (Andijon) – Lokomotiv (Toshkent)
25 sentyabr 2015. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 16:30
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), X. SHodmonov (Buxoro), T. Gaynulin (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.
“Andijon” va “Lokomotiv” oliy ligada jami 17 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Lokomotiv”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 10ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 3ta o'yinda durang qayd etilgan. 4 uchrashuvda esa “burgutlar” zafar quchishgan. To'plar nisbatida ham “Loko” oldinda - 29:18. O'zaro o'yinlarda “temiryo'lchilar” 33 ochkoni, “Andijon” esa 15 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1 ga teng. “Andijon”da bu ko'rsatkich 5:0 bo'lib turibdi.
Birinchi davrada “Lokomotiv” Sanjar SHoahmedov va Salim Mustafoevning gollari evaziga g'alaba qozongandi – 3:0.
Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.09.2014 Andijon - Lokomotiv 1:2
14.09.2012 Andijon - Lokomotiv 0:1
01.05.2010 Andijon - Lokomotiv 2:0
01.03.2009 Andijon - Lokomotiv 0:1
23.08.2008 Andijon - Lokomotiv 2:2
O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Andijon” o'z maydonidagi 3ta uchrashuvda 3 ochko sohibiga aylangan. Bir bor durang qayd etilgan. Qolgan 4ta bahsda “Lokomotiv” vodiydan g'alaba bilan qaytgan. Oxirgi ikki uchrashuvda “temiryo'lchilar” Andijonda ikki bor g'olib bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar