So’nggi yangiliklar

22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  4 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10

Prevyu: A Seriya. "Napoli" Florenciyada yana ochko yo'qotadimi? Yangiliklar

Prevyu: A Seriya. "Napoli" Florenciyada yana ochko yo'qotadimi?

Italiya CHempionati 23-tur uchrashuvlariga oid malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

"Fiorentina" — "Napoli"

Kubokdagi ajoyib g'alabadan so'ng "fialkalar" autsayderlardan biri "Udineze"ni (1:1) mag'lub eta olmadilar. So'nggi 5 o'yinning 4tasida "Fiorentina" to'p o'tkazmasdan o'ynay olmadi. Jamoa vakillari yosh bo'lgani uchun hali ulardan barqaror o'yin kutish qiyin. Lekin har bir o'yin kutilmagan voqealarga boy bo'lishi mumkin.

"Fialkalardan" farqli o'laroq, neapolliklar raqibini 3:0 hisobda mag'lub etishgan edi. Raqib jamoa etarlicha kuchli — "Sampdoriya" edi. Neapolliklar uyda osonlik bilan g'alaba qozonayotgan bo'lsalar-da, safarda bu ish ancha qiyin kechmoqda. Milandagi oxirgi ikki o'yin qoniqarsiz natija bilan yakunlandi: jamoa "Inter"ga 0:1 hisobda mag'lub bo'ldi, "Milan" bilan esa durang (0:0) o'ynadi.

Bugungi raqiblarning Nepoldagi birinchi davra uchrashuvlari "Napoli" foydasiga hal bo'lgandi. Jamoalarning Florenciyadagi o'zaro to'qnashuvlari tarixiga qarar ekanmiz, mehmonlar oxirgi uch o'yindan beri g'alaba nashidasini sura olmayaptilar. O'tgan mavsum neapolliklar "fialkalar"ga 0:3, hisobda mag'lub bo'lib, Skudettoga ega bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bergan edilar.

"Parma" — "Inter"

"Krestonosclar" "Yuventus" bilan durang o'ynab, chempionatda uchinchi o'rinni egalladi. "Parma" so'nggi daqiqalarda Jervinoning goli tufayli bir ochkoga ega bo'lishga muvaffaq bo'ldi. Oxirgi vaqtlarda "Parma" safarda ishonchli o'yin namoyish etmoqda. Lekin uydagi ketma-ket 4 uchrashuvda g'alabaga erisha olmadi. So'nggi ikki SPAL va "Roma"ga qarshi bahs jamoaning mag'lubiyati bilan yakunlandi.

Joriy yil boshidan beri milanliklarning og'ir ahvolda: bir marotaba ham g'olib bo'lmadi. Bu ham etmaganidek, A Seriya doirasidagi o'yinlarda bitta gol ham ura olmadi. Jamoa uyda bo'lib o'tgan so'nggi ikki o'yinda "Torino" (0:1) va "Bolonya"ga (0:1) mag'lub bo'ldi. SHunga qaramay, Luchano Spallettini istefoga chiqarish haqida hech kim og'iz ochmayapti. Sababi rahbariyat hali ham italiyalikka ishonch bildirmoqda. Raqiblar "Inter"ga etib olishmoqda, 4-pog'ona uchun uzoq qolmadi: 4 ochko xolos.

Birinchi davra uchrashuvida "parmezanlar" "Juzeppe Meacca" stadionida "Inter" ustidan 1:0 hisobda g'alaba qozondilar. "Parma" uyda "neradzurri"ga qarshi yaxshi o'ynaydi. Klub "Ennio Tardini" stadionidagi oxirgi 5 uchrashuvda 4 marotaba g'alaba qozondi. Top jamoa esa "Parma"ga qarshi bahslarda qiyinchilik bilan to'p tepmoqda. Milan jamoasi mavsumning ikkinchi yarmini qanday boshlab olganini hisobga olsak, bugungi bahsda ancha qiynalishlari mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика