So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Prevyu. A Seriya: Florenciyada turning markaziy to'qnashuvi bo'lib o'tadi Yangiliklar

Prevyu. A Seriya: Florenciyada turning markaziy to'qnashuvi bo'lib o'tadi

Italiya chempionatining 20-turidan o'rin olgan yana ettita uchrashuv bugun bo'lib o'tadi.


Turnir jadvalining ikkinchi qismida deyarli yonma-yon ketayotgan "Kalyari" hamda "Jenoa" jamoalari "Stadio Sant`Elia"da to'qnash kelishadi. Ushbu jamoalarning birinchi davradagi bellashuvida Ivan Yurich shogirdlari o'z uylarida "Kalyari"ga hech qanday imkoniyat qoldirishmagandi va 3:1 hisobida g'alabani tantana qilishgandi. Bugun esa Massimo Rastelli boshchiligidagi "Kalyari" mavsumning dastlabki o'yinidagi alamni olishga urinib ko'rishlari tabiiy. Bu bahsda imkoniyatlar deyarli teng. Har ikkala jamoa ham uch ochko ilinjida harakat qilishadi.

Luiji Del Neri boshqaruvidagi "Udineze" bu gal o'z maydonida Luchano Spalettining "armiyasi"ga qarshi saf tortadi. O'tgan tur "Udineze" uchun omadsiz bo'lgandi. Jamoa "Inter"ga qarshi bahsda g'alaba qozonib turib og'zidagi oshni "Inter"ga oldirib qo'ygandi. "Roma" esa "Jenoa" ustidan kichik hisobda g'alaba qozonishni uddasidan chiqqandi. "Udineze" "Frulli"da bo'ladigan to'qnashuvda g'olib chiqishni va o'z muxlislariga principial raqib ustidan g'alabani taqdim etmoqchi. "Roma" esa "Yuventus"ni ketidan qo'vishda davom etishga va chempionlik uchun kurashni davom ettirish maqsadida ham faqat g'alabani o'ylamoqda. "Stadio Frulli"da kechadigan uchrashuv har tomonlama qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda kechishi shubhasiz.

"Yuventus"ga chempionlik uchun kurashda "Roma"dan tashqari yana bir raqobat qilayotgan jamoa "Napoli" bu turda "Peskara"ni mehmon qiladi. O'yin afishasi u qadar katta emas. Bu uchrashuv favoriti aniq. Mauricio Sarri jamoasi uchun o'z uyida "Peskara" qarshiligini engish u qadar muammoni yuzaga keltirmasligi mumkin. Ammo bu futbol. "Peskara" ham A Seriyada o'z o'rnini yo'qotmaslik uchun kurash olib bormoqda va ular uchun har bir o'yin finalga teng. SHu boisdan ular raqibning nomiga yoki uning kuchiga qarab o'ynashga imkoniyatlari yo'q. Buyog'iga Massimo Oddo shogirdlari uchun har bir ochko suv va havodek zarur. Aks holda keyingi mavsumda "Peskara"ni A Seriyada ko'rmaymiz. SHu boisdan ham "Napoli" bugun "San Paolo"da muddatidan avval engil nafas olishi kerak emas. Aks holda "Peskara" ularga syurpriz taqdim etib qo'yishi mumkin.
"Peskara" ushbu mavsumda faqatgina bir marotaba g'alaba qozongan. U ham bo'lsa safardagi o'yinda. Bu jamoaning g'alaba qozona olmayotganiga sal kam 5 oy bo'lmoqda. Qiziq tomoni, "Peskara"ning yagona g'alabasi aynan mehmondagi bahsda qo'lga kiritilgan.

"Peskara" A Seriyada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoalar ro'yxatida "Sassuolo" va "Palermo"ni uchratish mumkin. Bu ikki jamoalar esa bugun "Stadio Kitta del Trikolore" stadionida o'zaro to'qnash kelishadi. "Palermo" hozirda xavfli hududning eng birinchi pog'onasida bormoqda. "Sassuolo" esa ulardan sal nariroqda, lekin o'rtadagi tafovut u qadar uzoq emas. SHu boisdan bugungi bahs har ikkala jamoalar uchun ham katta qiymatga ega. Bu o'yinda "Palermo"ni xato qilishga haqqi yo'qroqdek. Aks holda ular xavfli hududga anchayin yaxshi va mustahkam o'rnashib olishadi.


Marko Jampaolo boshqaruvidagi "Sampdoriya" bu turda autsayderdan qatoridan qochayotgan "Empoli"ni o'z uyida qabul qiladi. Mavsumni ancha yaxshi tempda boshlagan genualiklar uchun oxirgi turdagi o'yinlar muvaffaqiyatsiz o'tmoqda. "Sampdoriya" startda olgan boshlang'ich tezligini mavsumning o'rta qismiga kelganda ancha tushirib yubordi. Jamoa o'tkazilgan oxirgi beshta uchrashuvdan faqatgina bittasida g'alaba qozonishni uddasidan chiqdi. "Empoli" esa aksincha ana endi o'z o'yini itopib olmoqda. Jovanni Martuskiello shogirdlari uchun mavsum ancha omadsiz boshlangandi. Biroq jamoa hozirga kelib o'zini yaxshi tutib oldi va bir qator uchrashuvlarda kerakli natijani qo'lga kiritib, 20-o'rindan 17-pog'onaga sakrashga erishdi.
Bu jamoalarning birinchi davradagi o'yinida "Sampdoriya" mehmonda kichik hisobda g'alaba qozongandi.


Mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan "Lacio" esa bu gal "Atalanta"ni o'z uyida sinovdan o'tkazadi. Rimliklar bu mavsumda sovrinli o'rinlar uchun, aniqrog'i, ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritish maqsadida anchayin ko'proq ter to'kishmoqda. Jamoa ayni paytda o'zining optimal formasiga yaqinlashib olgan. "Atalanta" uchun ham mavsum yomon o'tayotgani yo'q. Jan Pero Gasperini "Atalanta"ni mavsumga juda puxta va yaxshi tayyorlay olgani amalda ko'rinmoqda. Bu to'qnashuv muxlislar uchun ajoyib tuhfa bo'lishi aniq. Bu o'yinda har qanday natija qayd etilishi mumkin.
Ushbu jamoalarning birinchi davradagi bahsi ham juda shiddatkor va gollarga boy tarzda kechgandi. O'sha o'yin hozirga qadar Italiya A Seriyasining joriy mavsumidagi eng yorqin uchrashuvlaridan biri bo'lib qolmoqda. Ishqibozlar esa bu bellashuvdan ham o'sha shiddat, keskin kurashlar, jozibador futbolni kutishmoqda. Birinchi davradagi o'yinda esa "Lacio" mehmonda 4:3 hisobida zafar quchgandi.


Italiya chempionatining 20-turi markaziy bahsi albatta Florenciyada bo'lib o'tadi. "Artemio Franchi" stadionida "Fiorentina" peshqadam "Yuventus"ni qabul qiladi. Paulo Souza boshchiligida "Fiorentina" uchun mavsum ko'ngildagidek o'tmayapti. Jamoa ayni paytda turnir jadvalining 9-pog'onasida bormoqda. "Yuventus" esa katta tafovut bilan peshqadamlikni o'z qo'lida saqlab turibdi. "Fiorentina" uchun har qanday holatda ham "Yuventus"ga qarshi o'yin yil uchrashuvi maqomiga ega bo'ladi. "Yuventus" uchun ham "Fiorentina" noqulay va jiddiy raqiblar sirasiga kiradi. Bu jamoalarning birinchi davradagi o'yinida turinliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgandi. "Fiorentina" esa endi o'z muxlislari qarshisida harakat qiladi va ularni ko'z o'ngida "Yuventus"ni mag'lub etish asosiy vazifalardan va maqsadlardan biri. Bu o'yin florenciyaliklar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
"Yuventus" esa chempionlik yo'lidagi navbatdagi 3 ochkoni qo'lga kiritish uchun Florenciyaga safar uyushtirgan.


A Seriya, 20-tur. Turnir jadvali


"Kalyari" - "Jenoa" (16:30) (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)
"Stadio Sant`Elia" stadioni.
Bosh hakam
: Mikael Fabbri.

"Udineze" - "Roma" (19:00) (Setanta Sport - Aleziya.com (TAS-IX)
"Stadio Frulli" stadioni.
Bosh hakam
: Antonio Damato.

"Napoli" - "Peskara" (19:00)
"San Paolo" stadioni.
Bosh hakam
: Klaudio Gaviluchchi.

"Sassuolo" - "Palermo" (19:00)
"Stadio Kitta del Trikolore" stadioni.
Bosh hakam
: Paolo Silvio Mazzoleni.

"Sampdoriya" - "Empoli" (19:00)
"Stadio Luiji Ferraris" stadioni.
Bosh hakam
: Domeniko Kelli.

"Lacio" - "Atalanta" (19:00)
"Stadio Olimpiko" stadioni.
Bosh hakam
: Luka Pairetto.

"Fiorentina" - "Yuventus" (00:45) (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)
"Artemio Franchi" stadioni.
Bosh hakam
: Luka Banti.


* Turning so'nggi uchrashuvi "Torino" hamda "Milan" o'rtasida kechadi. Bu o'yin ertaga tunda, soat 00:45da bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика