So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  8 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  5 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Prevyu. A Seriya: Bugun ikkita o'yin o'tkaziladi Yangiliklar

Prevyu. A Seriya: Bugun ikkita o'yin o'tkaziladi

Qisqa tanaffusdan so'ng Italiya A Seriyasi o'yinlari davom ettiriladi.

Bugun Italiya chempionatining 19-turidan o'rin olgan ikkita bellashuvi bo'lib o'tadi.

Dastlabki o'yin "Empoli" hamda "Palermo" jamoalari o'rtasida kechadi. Ushbu ikkala jamoa turnir jadvalida yonma-yon ketishmoqda. "Empoli" 14 ochko jamg'argan holda 17-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Palermo" 10 ochko bilan 18-o'rinni egallab turibdi.

"Empoli" jamoasi oxirgi o'yinlarda yaxshi o'yin ko'rsatib, ko'plab ochkolarni aynan so'nggi bahslarda qo'lga kiritdi va turnir jadvalidagi mavqeini biroz yaxshilab oldi. "Empoli" safida ayni paytdagi eng xavfli futbolchi bu Levan Mchedlidze hisoblanadi. Aynan gruziyalik ushbu futbolchi jamoaning hozirgi kundagi eng yaxshi to'purari sanaladi. Uning hisobida 3ta gol mavjud. SHuningdek, Manuel Paskual ham jamoaning etakchi futbolchilaridan biri.

"Palermo" ham oxirgi ikkita o'yindan buyon mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. Eujenio Korini boshchiligidagi jamoa asta-sekin o'z o'yinini topib bormoqda. "palermo" imkon qadar tezroq xavfli hududni tark etish payiga tushgan. Italiyada katta hurmat va nomga ega jamoa uchun hozirgi egallab turgan o'rni to'g'ri kelmaydi. Jamoa bugun "Empoli" maydoniga faqat 3 ochko ilinjida tashrif buyuirishi aniq. Jamoa tarkibidagi Ilija Nestorovski ayni paytda to'purar hisoblanadi. Uning hisobida 7ta gol bor. Alessandro Diamante esa jamoaning ko'plab gollarini yaratuvchisi. Aynan ushbu tajribali futbolchi jamoadoshlariga gol kiritishlariga ko'maklashadi. Diamantining paslaridan so'ng 4 marotaba raqib darvozasi aniq nishonga olingan.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Ushbu jamoalar jami 10 marta o'zaro duch kelishgan. SHulardan 2tasida "Palermo"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, "Empoli" 5 marotaba g'alaba qozongan. Qolgan 3ta o'yin durang bilan yakunlangan.
To'plar nisbati 12:6, "Empoli" foydasiga.



Italiya A Seriyasining bugungi diqqat markazda bo'ladigan yana bir o'yini bu albatta "Napoli" hamda "Sampdoriya" o'rtasida kechadigan bellashuv bo'ladi. Neapolda o'tkaziladigan ushbu o'yin tomoshabop va qiziqarli o'tishi tayin. Ikkala jamoa hujumkor, quvnoq futbol o'ynashni, gol urishni yaxshi ko'radigan jamoalar sirasiga kirishadi. Ayni paytda tarkib va boshqa jihatlarga ko'ra "Napoli" raqibidan ustunlikka ega. Bejizga ushbu jamoa turnir jadvalida 3-pog'onada borayotgani yo'q. Mauricio Sarri jamoasi chempionlik uchun ham kurashib ko'rayotgani hech kimga sir emas. Ammo "Yuventus" bilan o'rtadagi tafovut tobora uzoqlashmoqda. "Napoli" esa hech bo'lmasa ikkinchi o'rin uchun kurashga jiddiy kirishgan. Ularni bu yo'ldagi raqibi esa Rimning "Roma" jamoasi hisoblanadi. Hozircha ushbu jamoa bilan o'rtadagi farq 3 ochkoga teng. Bugungi g'alaba ularni ochkolar bo'yicha "Roma"ga tenglashtirib qo'yishi mumkin. "Roma" esa o'zining tur o'yinini ertaga o'tkazadi.
"Napoli" bugun o'z maydonida kechadigan bahsda faqat g'alabani ko'zlashi va imkon qadar to'plar nisbatini ham yaxshilab olishga urg'u berishi aniq. Hozirgi kunda "Napoli" jamoasi A Seriyada eng ko'p gol urgan jamoa bo'lib turibdi. Ular o'tkazilgan 18ta o'yinda 40 marotaba raqiblarini ranjitishni uddalashgan. Lekin jamoaning himoyadagi bo'shliqlari va kamchiliklari ularga ko'p pand bermoqda. Aynan shuning uchun ham ular peshqadam "Yuventus"dan orqada qolishmoqda. Jamoaning hujumdagi ishlari hammasi alo. Lekin himoya haqida ushbu iliq fikrlarni bildirish qiyin. Reyna qo'riqlayotgan darvoza 18ta o'yinda 21 marotaba aniq nishonga olingan. "Napoli"ning bugungi raqibi "Sampdoriya" ham aynan shu jihatni inobatga olib, mehmondan ochko bilan qaytishni reja qilayotgani aniq.

Marko Jampaolo shogirdlari ayni paytda turnir jadvalida 13-o'rinda borishmoqda. Jamoa o'tkazilgan 18ta o'yindan 6tasida g'alaba qozondi, 5ta durang va 7 bahsda imkoniyatdan boy berilgan. To'g'risini tan olish kerak, "Sampdoriya"dek jamoa uchun hozirgi egallab turgan o'rin biroz uyatli sanaladi. Bu jamoa hech bo'lmaganda evrokuboklar uchun beriladigan o'rinlar uchun kurashishni maqsad qiladiganlar toifasiga kiradi. Jampaolo imkon qadar vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirish harakatida. Jamoaning hujumdagi ishlari chakki emas. Ammo himoyadagi tartibsizliklar, kamchilik va muammolar hali ko'p.  Ushbu turda "Sampdoriya"ni qiyin sinov kutmoqda.

"Sampdoriya"ning eng xavfli futbolchisi va to'purari bu Luis Muriel. Uning hisobida 6ta gol mavjud.
"napoli"dagi xavfli futbolchi hozirgi kunda bu so'zsiz Dris Mertens sanaladi. Ushbu belgiyalik futbolchining hisobida 11ta gol bor. Marek Gamshik esa jamoadoshlarining 7ta goliga hammualliflik qilgan.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Ushbu jamoalar barcha musobaqalarda jami 112 marotaba to'qnash kelishgan. SHularning 33tasida "Sampdoriya" g'alaba qozongan, "Napoli" esa 38 bor yutuqqa erishgan. Qolgan 41ta o'yin durang bilan yakun topgan.



Italiya A Seriya, 19-tur. Musobaqa jadvali

"Empoli" - "Palermo" (22:00)
"Stadio Karlo Kastellani" stadioni.
Bosh hakam:
Paolo Valeri.

"Napoli" - "Sampdoriya" (00:45)
"San Paolo" stadioni.
Bosh hakam:
Marko Di Bello.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика