So’nggi yangiliklar

17:23Расман: Дилшод Комилов — "Қизилқум" ўйинчиси  1 17:04Элит ОЧЛ. "Пахтакор" кейинги босқичга чиқиш имконияти қандай?  13 16:58"Манчестер Юнайтед" яна Шоуни йўқотди  3 16:23Тошлоқда "Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2025" мусобақаси старт олди  3 16:01"Милан" Феликснинг ўрнига "Барселона" ўйинчиси билан шартнома имзоламоқчи эди  2 15:35"Манчестер Юнайтед" Гарначо ва Майнуни сотишга тайёр  3 15:02Араухонинг товон пули қанчалиги маълум бўлди  0 14:34Дэвиснинг агенти: "Реал" билан музокаралар олиб бордик"  0 14:04Ўзбекистон U-17 Осиё кубогига тайёргарлик доирасида Тошкентда ўқув-машғулот йиғинига киришади ва 8 февралда Туркиядаги турнирга йўл олади  2 13:25Нико Гонсалес "Манчестер Сити"га ўтиши ҳақида нималар деди?  2 12:57Англиянинг тўртинчи дивизионида сўнгги ўринда бораётган клуб Жеррардни бош мураббий этиб тайинламоқчи  3 12:26ПСВ Маласиани "Манчестер Юнайтед"дан ижарага олди  1 11:55Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси бугун Тошкентда ўқув-машғулот йиғинига киришади  0 11:29"Арсенал"нинг ёздаги иккита асосий трансфер мақсадлари маълум бўлди  2 11:07"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Раҳимов Иброҳим  0

Prevyu. 7 yil katta musobaqa ko'rmagan Niderlandiya Evropa chempionatida bitta g'alabaga erishgan Ukrainaga qarshi Yangiliklar

Prevyu. 7 yil katta musobaqa ko'rmagan Niderlandiya Evropa chempionatida bitta g'alabaga erishgan Ukrainaga qarshi

Evropa chempionati 1-turidan o'rin olgan Niderlandiya - Ukraina uchrashuviga prevyuni taqdim etamiz.

OLDINGI TO'QNASHUVLAR
Bu jamoalar hozirga qadar ikki marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Ikkalasi ham o'rtoqlik uchrashuvi doirasida o'tgan. 2008 yil may oyida Rotterdamda o'tgan bahsda Niderlandiya 3:0 hisobida g'alaba qozongan. 2010 yil avgust oyida Doneckda to'qnash kelishgan. Bu safargi bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan. Ayni paytda Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Andrey SHevchenko yuqoridagi ikkala o'yinda ham ishtirok etgan.

Niderlandiya 2014 yildan buyon xalqaro musobaqada ishtirok etmay kelayotgandi. Jamoa Evro-2016 va JCH-2018ga chiqa olmagandi. "Lolalar yurti" jamoasi Evropa chempionatida oxirgi 4ta o'yinning barchasida yutqazgan (2008 yil chorak finalda Rossiyaga, 2012 yil guruhdagi uchala o'yinda). Niderlandiya 1988 yilgi Evropa chempioni hisoblanadi.

Ukraina ketma-ket uchinchi bor Evropa chempionati final bosqichida ishtirok etadi. Jamoa 2012 yil musobaqa mezboni sifatida to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lgan, 2016 yilgi qita chempionatiga pley-off orqali chiqqan. Bu yilgi Evropa chempionatiga esa Ukraina ilk bor to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma orqali chiqdi. Ukraina EVRO-2020 saralashida mag'lub bo'lmagan beshta jamoadan biriga aylandi. Ukraina Evropa chempionatiga hozirga qadar 6ta o'yin o'tkazgan va 5ta o'yinda gol ura olmay mag'lub bo'lgan. Faqat debyut uchrashuvida SHveciya taslim etilgan - 2:1. Qizig'i o'sha bahsda Andrey SHevchenko dublga erishgan. Yani Ukraina safida Evropa chempionatida faqat SHevchenko gol urgan xolos.




TAXMINIY TARKIBLAR
Niderlandiya:
Stekelenburg; Dumfris, de Vrey, Timber, Blind, Veyndal; F. de Yong, de Roon, Veynaldum; Depay, Vegxorst
Ukraina: Bushan; Karavaev, Zabarniy, Matvienko, Mikolenko; Zinchenko, Sidorchuk, Malinovskiy; Yarmolenko, Yaremchuk, Zubkov

BOSH MURABBIYLAR FIKRI
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Frank de Bur:
"Ukraina terma jamoasi o'yinlarini tomosha qildik, ularning kuchli tomonlarini bilaman. Ajoyib ijrochilarga ega bo'lgan jamoa. Ular munosib futbol namoyish etishadi, qisqa qilib aytganda bu qiyin raqib. Matteys de Ligt o'ynamaydi. Maarten Stekelenburg - asosiy darvozabonimiz".

Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHevchenko:
"Bosh maqsadimiz - guruhdan chiqish. Eng asosiysi - o'z uslubimiz bor, undan hech qachon voz kechmaymiz. So'nggi yillarda taktik tomonlama ancha o'sishga erishdik. Har bir raqibga alohida tayyorgarlik ko'ramiz. Taktikamiz 4-3-3 yoki 3-5-2 bo'lishi mumkin, ammo o'yin uslubimiz o'zgarmaydi".




Niderlandiya - Ukraina
13 iyun 2021 yil. Amsterdam. "Yoxan Kroyff" stadioni. 23:55
Bosh hakam
: Feliks Brix (Germaniya)
Qanot hakamlari: Mark Borsh va SHtefan Lupp (ikkisi Germaniya)
Zaxira hakami: Bartosh Frankovski (Polsha)
VAR hakami: Marko Fritc (Germaniya)
VAR hakami yordamchilari: Kristian Dingert (Germaniya), Li Betts (Angliya) va Styuart Ettuell (Angliya).



Netherlands

Georginio Wijnaldum - 52', Wout Weghorst - 58', Denzel Dumfries - 85'

EURO Grp. C . 1-tur

14/06/2021, 01:00

2
:
3
Tugadi

Ukraine

Andriy Yarmolenko - 75', Roman Yaremchuk - 79'

Stadion: Johan Cruijff Arena, 15837 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Brych

45'
90'
52'  Georginio Wijnaldum
58'  Wout Weghorst
64'  Daley Blind (Nathan Ake)
64'  Patrick van Aanholt (Owen Wijndal)
85'  Denzel Dumfries
85'  Nathan Ake
88'  Wout Weghorst (Luuk de Jong)
88'  Jurrien Timber (Joel Veltman)
90'  Memphis Depay (Donyell Malen)
13'  Oleksandr Zubkov (Marlos)
64'  Marlos (Mykola Shaparenko)
75'  Andriy Yarmolenko
75'  Roman Yaremchuk
79'  Roman Yaremchuk
79'  Ruslan Malinovsky
90'  Serhiy Sydorchuk

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика