Prevyu, 15-tur: "Andijon" - "Paxtakor"
30 iyu 2015 00:05
Yangiliklar
Oliy liganing 15-turida "Paxtakor" "Andijon" maydoniga safar uyushtiradi. 11 ochko to'plagan Edgar Gess shogirdlari 13-o'rinda borishmoqda. Uchrashuvni mezbonlardan Rasul Rahmonov sariq kartochkalari 4taga etgani sababli o'tkazib yuboradi. Jamoamiz tarkibida bunday yo'qotish yo'q.
Oliy ligada jamoalar 42 bor maydonga tushgan. "Paxtakor" 31 uchrashuvda g'alaba qozongan. 3 bahsda andijonliklar zafar quchgan va 8 bellashuv durang bilan tugagan. Jamoamiz 103 marta raqib darvozasini ishg'ol etib, 31 to'p o'tkazib yuborgan.
Yoshlar tarkiblari bahsi 30 iyun, seshanba kuni soat 18:00da boshlanadi. Asosiy jamoalar o'yiniga esa 1 iyul, chorshanba kuni "Sog'lom avlod" stadionida soat 18:30da start beriladi.
"ANDIJON" - "PAXTAKOR"
Hakamlar: SHerzod Qosimov (Toshkent), Husniddin SHodmonov (Buxoro), Andrey Capenko (Toshkent viloyati), Bahrom Yulcharaev (Guliston).
Nazoratchi: Farhod Abdullaev (Toshkent).
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar