Premer-ligadan chiqib ketgan Hamdamov klubi yangi mavsumda qaysi ligada o'ynaydi?
13 iyu 2018 17:42
Yangiliklar
Premer-ligadan chiqib ketgan Hamdamov klubi yangi mavsumda qaysi ligada o'ynaydi?
O'zbekiston terma jamoasi azosi Doston Hamdamov to'p tepadigan "Anji" klubi so'nggi mavsum Rossiya chempionatida 14-o'rinni egallab, ligani tark etdi.
"Anji" bosh direktori Oleg Flegontovning so'zlariga ko'ra, Maxachkala klubi kelasi mavsum Premer-ligada ishtirok etadi.
"Amkar"dan licenziya olib qo'yilgani tufayli, "Anji" kelasi mavsum RFPLda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi. RFPL ofisi bilan ham bog'landik, huquqshunoslar Premer-ligaga qaytish hujjatlarini tayyorlashmoqda.
Kelasi mavsum uchun maqsad - asabiylashishlarsiz musobaqada jon saqlab qolish. Yangi mavsum uchun taxminiy byudjet bor. U aniq muhokama qilinmadi, chunki hammasi qaysi ligada o'ynashimizga bog'liq edi. Tarkibni kuchaytirishni reja qilyapmiz va yaqin kunlarda bu borada ishlarni boshlaymiz" - deydi Flegontov.
Fikrlar