So’nggi yangiliklar

22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  2 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  59 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  65 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  7 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  6 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  3 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  14 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  18

Premer-ligada "jabrlangan" 10 nafar murabbiy Yangiliklar

Premer-ligada "jabrlangan" 10 nafar murabbiy

Ko'plab murabbiylar uchun Premer-liga – bu orzu.

Ammo hamma ham dunyodagi eng qiyin ligalardan birida muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Mutaxassislar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, bu ularning obro'siga jiddiy zarba bo'ladi. Quyida Tumanli Albionga o'tish qaroridan juda afsuslanganlarni birma bir eslab o'tamiz.


Kristian Gross ("Tottenxem", 1997/98)

Gross ikki karra SHveycariya chempioni va mamlakat kubogi g'olibi. "Tottenxem" "Grassxopper" bosh murabbiyi bunday muvaffaqiyatni Angliyada takrorlashiga umid qilgan. Grossning yangi mamlakatda birinchi marta paydo bo'lishi ko'zga ko'rinarli bo'lgan: matbuotga poezd chiptasini ko'rsatib, bu uning "orzu bileti" ekanligini bildirgan.

Afsuski, u adashgandi. "SHporlar" shveycariyalik boshchiligida deyarli CHempionshipga tushib ketishiga oz qoldi. Faqat Yurgen Klinsmannning kelishigina vaziyatni barqarorlashtirishga yordam berdi. Mavsumni 14-o'rinda yakunlagan Gross keyingi mavsum boshida ishdan bo'shatildi.


Bryus Rix ("Arsenal", 1995/96)

"Bolton" Riox bilan ancha rivojlanishga erishgan va hatto Liga kubogi finaliga chiqqan. Bu "Arsenal"ni shotlandga ishonishiga sabab bo'ldi.

Riox Dennis Bergkampni jamoaga olib kelgan bo'lsa ham, Ian Rayt bilan janjallashib qoldi va uni transfer qilishni rahbariyatga qatiy bildirdi. Klub ulardan birini tanlashga majbur bo'ldi va rahbariyat yulduz hujumchisini tanladi. O'shandan keyin Riox Premer-ligada boshqa ishlamadi. U ketgach, "Arsenal"da Arsen Vengerning davri boshlandi.


Feliks Magat ("Fulxem", 2014)

"Bavariya" va "Volfsburg"ning haqiqiy chempioni Feliks Magat kamtarona "Fulxem" uchun eng yaxshi murabbiyga o'xshardi. Ammo uning usullari londonliklarga to'g'ri kelmadi. .

Etti o'yinda faqat bir ochko olib bergan murabbiyni, shundan so'ng istefoga chiqarishdi. Bu bilan uning murabbiy sifatidagi faoliyati deyarli yakunlandi. "Fulxem"dan keyin faqat bitta jamoani -  "SHandun Lunen"ni boshqarib, u erdan 2017 yilda ketdi.


Remi Gard ("Aston Villa", 2015/16)

Tim SHervuddan ham yomonroq murabbiy bo'lish uchun ko'p harakat qilishingiz kerak, ammo Gard bunga erishdi. Francuz "Lion" bilan muvaffaqiyat qozondi, lekin "Aston Villa"da uni eslamaslikka harakat qilishadi.

Francuz ko'pincha, Roy Kin kabi o'z jamoasini ochiqchasiga tanqid qildi va hatto Premer-ligada omon qolish uchun o'yinchilarning Rojdestvodagi dam olish kunlarini bekor qildi. Bu yordam bermadi: 20 uchrashuvdagi ikkita g'alabadan so'ng klub rahbariyati u bilan xayrlashdi. 


Paolo Di Kanio ("Sanderlend", 2013)

Boshidanoq Paolo Di Kanioni "Sanderlend" murabbiyi etib tayinlash noto'g'ri qaror edi. Italiyalik doimo janjallarning markazida bo'lgan va qarama-qarshi siyosiy qarashlarni namoyish etgan.

U Nyukasldagi 3:0 hisobidagi g'alaba bilan boshladi, ammo asal oyi uzoq davom etmadi. Di Kanio klubda o'zini mutlaqo nomunosib tutib, jamoa sardori Jon OSHi janjallashdi va ishdan bo'shatildi. 13 o'yinda uchta g'alaba - biz uni shunday eslaymiz.


Bob Bredli ("Suonsi", 2016)

Bob Bredli Premer-ligadagi birinchi amerikalik murabbiy sifatida tomoshabinlar orasida abadiy esda qoladi. Taassufki, barchasi omadsiz chiqdi: “oqqushlar” to'planishi lozim bo'lgan 33 ochkodan atigi sakkiz ochko to'plashdi. Jamoaning kelajagi shu qadar umidsiz ko'rindiki, rahbariyat mavsumning uchinchi murabbiyini tayinlashga qaror qildi.


Pol Inc ("Blekbern", 2008)

Aftidan, Insning faoliyati to'g'ri yo'nalishda ketayotganga o'xshardi. "Maklsfild Taun" va "Milton Kins Dons"dan keyin katta ligalarda o'zini ko'rsatish uchun munosib imkoniyatga ega bo'ldi.

Malum bo'lishicha, u hali bu darajadan uzoq edi. U taktikachi emas edi: bir marta kameralar uning yon daftariga qaratildi, u erda bitta so'z yozilgandi: "hujumga". Aftidan, futbolchilar murabbiyga quloq solishmagan.


Egil Ulsen ("Uimbldon", 1999/00)

Egil Ulsen qo'l ostida Norvegiya ikki marotaba Jahon chempionatining final qismiga chiqqan, u shu orqali mashhur bo'ldi. 1999 yilda uni "Uimbldon" taklif qildi.

Britaniyaliklar yangi murabbiyga ko'nika olishmadi. Ular maydonda juda yomon harakat qilishdi va 11 o'yinda atigi bitta ochko olishdi. Natija: "Uimbldon"ning CHempionshipga tushib ketishi va Ulsenning istefosi. O'shandan beri ularning hech biri Premer-ligaga qaytishmadi.


Frank de Bur ("Kristal Pelas", 2017)

Frank de Burning obro'si Londonga kelmasidan oldin ham yomon edi, ammo u ketganidan keyin ham hech narsa o'zgarmadi. Eredivizining  to'rt karra chempioni "Inter"da atigi 85 kun ishlagandi. Bundan yomoni bo'lmaydi, deb o'ylashgandi. Biroq...

Dastlabki beshta o'yinda - beshta mag'lubiyat.  Frank de Bur ishdan bo'shatildi. 77 kun - uning yangi anti-rekordi.


Lori Sanches ("Fulxem", 2007)

Kris Koulman istefoga chiqqandan keyin yollangan Lori Sanches SHimoliy Irlandiyadagi muvaffaqiyatini takrorlashga harakat qildi. Qanday qilib deysizmi? Albatta, ko'plab irlandlarni sotib olish orqali. 

Devid Xili, Stiven Deyvis, Aaron Xyuz va Kris Beyrd qutqaruvchi bo'lib chiqmadilar.  "Fulxem" Rojdestvogacha bor-yo'g'i ikkita o'yinda g'alaba qozongan. Undan keyin Sanches ishdan bo'shatildi.


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика