So’nggi yangiliklar

01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  0 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  7 22:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  23 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  0 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  58 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  24 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  10 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

Predrag Vuyovich: “Tibbiy markazdan ruxsat berishmaganidan so'ng Serbiyaga qaytishga majbur bo'ldim” Yangiliklar

Predrag Vuyovich: “Tibbiy markazdan ruxsat berishmaganidan so'ng Serbiyaga qaytishga majbur bo'ldim”

Mavsum boshida “Andijon” ga kelib qo'shilgan Predrag Vuyovich ikkinchi davrada jamoasiga yordam bera olmayapti.

Bunga sabab futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'ta olmaganidir. Serbiyalik futbolchi bilan kuni-kecha aloqaga chiqdik va o'zaro salom-alikdan so'ng undan bu borada yana so'radik.

- Serbiyada tibbiy ko'rikdan o'tdim. Barchasi joyida. Ammo tibbiy markazdan ruxsat berishmadi. Ruxsat berishmas ekan, O'zbekistonda nima ham qilaman. Tibbiy markazdagilar Serbiyada ko'rikdan yaxshi o'tsang senga ruxsat beramiz deyishgandi. Ammo baribir yo'q deyishdi. Menga ruxsat berishmayotgani achinarli, ammo nima ham qila olaman. Bosh murabbiy Edgar Gessni ham klubdan ketdi deb eshitdim, menga shunday deyishdi.

- “Andijon” bilan noyabr oyining so'nggi kunigacha amalda shartnomam mavjud. Ayni damda uyda oila davrasidaman. Albatta o'zim yakka tartibda sport formamni yo'qotmaslik maqsadida shug'ullanib turibman. Ayni damda menga bir qator takliflar bo'lmoqda. Livan klublaridan biri qiziqish bildirmoqda. Ko'ramiz voqealar rivoji qanday tus olarkin – deydi Predrag Vuyovich.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика