So’nggi yangiliklar

09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  3 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  6 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  3 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  10 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  17 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  2 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  4 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  2 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  16 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  14 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  17 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0

Poyga tobora kuchaymoqda: A Seriya 4-tur prevyusi Yangiliklar

Poyga tobora kuchaymoqda: A Seriya 4-tur prevyusi

Bugun A Seriyaning navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Yuventus" - "Milan"

"Malmyo"ga qarshi bahsdagi yirik g'alaba "Yuventus"ni quvontirgani aniq, biroq endi shunday natijaga A Seriyada ham erishish kerak. Kichik jarohatlaridan endi tiklanayotgan Keza va Bernardeski maydonga tushishi so'roq ostida. Bunday holatda Dibala va Morataning yonida asosiy tarkibda maydonga tushish uchun Kulushevskida yaxshi imkoniyat bor. "Milan" safida Ker o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin va bu katta yo'qotish, ammo Romanoli uning yo'qligini bildirmaslikka harakat qiladi. Olive Jiru ham maydonga tushmasligi, Zlatan Ibragimovich esa xuddi o'tgan bahsdagi kabi zaxiradan o'ynashi mumkin.

Qizig'i shundaki, oxirgi uchrashuvda "Milan" raqibini 3:0 hisobida mag'lub etgan. Ammo bu o'yinda "Yuve" favorit hisoblanmoqda. Hattoki, mavsumni juda yomon boshlaganiga qaramay, jamoa xavfli bo'lib qolmoqda. Bu uchrashuv turning eng qiziqarli bahsi bo'lishi kutilmoqda.


"Verona" - "Roma"

"Bo'rilar"ga qarshi bahsga "mastiflar"ni yangi murabbiy Igor Tudor tayyorladi. Ammo jamoada tubdan o'zgarish bo'lishi qiyin, sababi murabbiy tarkibni almashtirishi uchun varianti juda kam. Katta ehtimol, Jovanni Simeone startda maydonga tushadi. "Roma" Konferenciyalar Ligasidagi bahsdan keyin aniq o'zgaradi. Startda o'tgan o'yinda dam olgan Abraxam, Dzanolo va Mxitaryan tushadi. Karsdorp va Pellegrini unchalik yaxshi formada emas, biroq ikkisi ham asosiy tarkibdan o'rin olishi kutilmoqda.

O'zaro so'nggi bahsda "Roma" deyarli hech bir qiyinchiliksiz Rimda 3:1 hisobida g'alabaga erishgandi. Jamoa safarda o'ynashiga qaramay, favorit sanalmoqda.


"Inter" - "Bolonya"

"Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, Simone Indzagi qandaydir kutilmagan taktik o'zgarishlar qilishi mumkin. Dyumfris va Korrea startdan maydonga tushishi mumkin, yarim himoya markazi avvalgidek qoladi. Xabarlarga qaraganda, Arturo Vidal to'liq o'yinda ishtirok etishga tayyor emas, Sensi esa yana jarohat tufayli safdan chiqqan. "Bolonya"ning esa tarkib bilan hech qanday muammosi yo'q. SHunday ekan, Sinisha Mixaylovich "Verona"ga qarshi bahsdagi tarkibni maydonga tushiradi. Umuman olganda, "Bolonya" bu mavsumni yaxshi boshladi desak adashmaymiz.

So'nggi o'zaro bahsda "Inter" Bolonyada 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. Bu galdagi bahsda ham "neradzurri" favorit hisoblanadi. "Real" bilan uchrashuvdagi mag'lubiyat albatta, yoqimli emas, lekin buni unutib, tezroq A Seriya o'yinlariga tayyorlanish kerak. Katta ehtimol, "qora-ko'klar" bu safar katta muammoga duch kelmaydi.


"Salernitana" - "Atalanta"

Oliy liganing yangi jamoasi kutilganidek, ancha tushkun kayfiyatda. Sababi o'zingizga malum, "dengiz otlari" o'tgan 3 turda ham mag'lub bo'lishdi. Jamoadan Rudjeri maydonga tushmaydi, Kapecci va Yaroshinski o'ynashi ham so'roq ostida. "Atalanta"ga kelsak, CHempionlar Ligasi o'yinidan keyin jamoada rotaciya bo'lishi aniq. Katta ehtimol bilan Miranchuk va startdan maydonga tushadi, ular Sapataga yordam beradi. Bundan tashqari, Musso o'z o'rnini tajribali Sportelloga bo'shatib beradi.

Jamoalar oxirgi marta 2004 yil B Seriya doirasidagi bahsda uchrashishgandi. O'sha o'yinda hisob ochilmagandi. Ammo bu galgi uchrashuvda "Atalanta" kuchliroq ekanini inkor etib bo'lmaydi. Mehmonlar mavsumni omadli boshlamadilar, lekin A Seriya autsayderiga qarshi bahs ochko to'plab, yuqoriroq pog'onaga chiqib olish uchun yaxshigina imkoniyatdir.


"Lacio" - "Kalyari"

Hozircha Mauricio Sarrining Rimdagi ishlari alo darajada emas: oxirgi ikki uchrashuvda "Lacio" mag'lub bo'ldi. SHu sababli, tarkibda rotaciya bo'lishi mumkin, lekin jamoa etakchilariga bu tegishli bo'lmaydi: Immobile, Luis Alberto va Milinkovich-Savich asosiy tarkibda maydonga tushadi. "Kalyari"da esa bir talay muammolar bor. Qator futbolchilar maydonga tushishi aniq emas. Valter Maccarining jamoa rulidagi debyuti oson bo'lmaydi, chog'i, ayniqsa, Strotman, Godin va Farago o'yin kunigacha sog'ayib ulgurmasa... Rog esa maydonga tushmasligi aniq.

O'zaro so'nggi bahsda "Lacio" g'olib bo'lgandi (1:0). "Burgutlar" bu safar ham favorit, shunday ekan Rimda ochkoga ega bo'lish "Kalyari" uchun qiyin kechadi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика