Poyga qaytmoqda: Milan derbisi, qonho'r "bo'rilar" "Jenoa"ga qarshi va A Seriya boshqa o'yinlari prevyusi
05 fev 2022 13:45
Yangiliklar
Poyga qaytmoqda: Milan derbisi, qonho'r "bo'rilar" "Jenoa"ga qarshi va A Seriya boshqa o'yinlari prevyusi
"Roma" - "Jenoa"
Joze Mourinoning tarkib bilan muammosi yo'q. Avvalroq jarohat olgan o'yinchilarning deyarli barchasi safga qaytgan. Bu vaziyatda faqatgina Pellegrinining ishtiroki borasida savollar tug'ilishi mumkin xolos. Hujumda Dzanolo, Mxitaryan va Abraxam harakatlanadi. Ammo "Jenoa"ning tarkib bilan bog'liq muammolari bor. Kambyasso diskvalifikaciya tufayli, Kallon, Bexrami, Rovella va Krishito esa jarohati tufayli bahsni o'tkazib yuboradi. Bor umid Amiri va Destrodan.
Birinchi davra uchrashuvlarida "Roma" hech bir qiyinchiliksiz mehmonda "Jenoa"ni 2:0 hisobda mag'lub etgandi. Bu safar ham "jalorossi" favorit hisoblanmoqda. Mehmonlar 2-raqam ostida o'ynaydi va "bo'rilar"ni to'xtatib turishga harakat qiladi. Biroq oxirgi paytlar "Roma" ancha yaxshilanganini hisobga olsak, raqibi qarshi hujum qilishi qiyinroq bo'lsa kerak.
Roma |
Serie A . 24-tur 05/02/2022, 19:00 0
:
0
Tugadi
|
Genoa |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 29863 tomoshabin
Bosh hakam: Rosario Abisso
"Inter" - "Milan"
Hali sog'ayib ulgurmagan Gosens va Korreani hisobga olmaganda, A Seriya etakchisining barcha ishlari joyida. Lautaro maydonga tushishi so'roq ostida, sababi u ham Sanches kabi terma ixtiyoridan kechroq qaytdi. SHu sababli, Indzagi qay biri o'yinga yaxshiroq tayyor bo'lsa, o'shanisini tanlashi kerak bo'ladi. Nazariy jihatdan, yangi o'yinchi Kaysedo zaxiradan maydonga tushishi ham mumkin. Piolining esa tarkib bilan bog'liq qator muammolari bor. Katta ehtimol bilan Rebich va Zlatan uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Tomori hamda terma ixtiyoridan kichik jarohat bilan qaytgan Kessie ham maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Hujumda Leao-Jiru juftligini ko'rishimiz mumkin.
Birinchi davra uchrashuvida jamoalar mazmunli o'yin namoyish etib, durang (1:1) o'ynashgandi. Bu galgi Della Madonnina derbisida "Inter" favorit hisoblanmoqda. Sababi "neradzurri"ning raqibi kabi tarkib bilan bog'liq muammolari yo'q.
Inter Ivan Perisic - 38' |
Serie A . 24-tur 05/02/2022, 22:00 2
:
1
Tugadi
|
AC Milan Olivier Giroud - 75', Olivier Giroud - 78' |
Stadion: Giuseppe Meazza, 37918 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Guida
"Fiorentina" - "Lacio"
Vlaxovich ketganidan keyin Italyano hujumning oldingi chizig'ida kimni tushirishni yaxshilab o'ylab ko'rishi zarur. Katta ehtimol bilan bu Pentek bo'ladi. U jamoaga har holda Kabraldan oldinroq kelgan. Gonsales terma jamoadan qaytgach, optimal sport formasida emas, Odriosolaga o'tgan o'yindagi qizil kartochka to'sqinlik qiladi. SHuning uchun, oldingi chiziqda Sottilni, himoyada esa Venuttini ko'rsak ajab emas. Acherbining jarohati Sarriga qo'shimcha bosh og'riq bo'ldi. Himoya markazini Luis Felipe va Patrik egallashadi. Pedro sport formasini tiklab bormoqda, lekin hozircha Immobilega oldinda Cakanya va Felipe Anderson yordam beradi.
Oxirgi o'zaro uchrashuvda "Lacio" 1:0 hisobida zafar quchgan, ammo hozir bukmekerlar ko'proq "fialkalar"ga ishonch bildirmoqda. Bunday taxminni ham tushunsa bo'ladi. Rimliklar safarda qiynalishmoqda, "Fiorentina" esa so'nggi vaqtlarda chindan ancha dadil o'yin ko'rsatmoqda. Fikrimizcha, bu uchrashuvda tomoshabinlar bir nechta urilgan gollar guvohi bo'lishadi. Mauriccio Sarri qarshi hujumda o'ynashga harakat qiladi, "Fiorentina"ga qarshi esa bu aksariyat vaziyatlarda yaxshi ish beradi. SHunday ekan, bizni qiziqarli bahs kutib turibdi.
Fiorentina |
Serie A . 24-tur 06/02/2022, 00:50 3
:
0
Tugadi
|
Lazio Sergej Milinkovic-Savic - 52', Ciro Immobile - 70', Cristiano Biraghi - 81' |
Stadion: Artemio Franchi, Firenze, 17181 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Orsato
"Atalanta" - "Kalyari"
Ilichichni ruhiy muammolar qiynamoqda, Sapata va Miranchuk esa jarohat sabab "bergamasklar"ga yordam bera olmaydi. Asosiy tarkibda Muriel, Malinovskiy va Pashalichni ko'rsak kerak. Zaxiradan jamoaning yangi azosi Bogani kutish o'rinli. Valter Maccarida tarkib bilan jiddiy muammolar mavjud. Ushbu uchrashuvga kim tayyor bo'lishi ham hozircha nomalum. Hujumning asosiy vakillaridan biri Joao Pedro chetlatish sabab sheriklariga yordam bera olmasligi aniq. SHuningdek, Balde Keyta ham Afrika Millatlar Kubogida. Bor umid Leonardo Pavolettidan bo'ladi chog'i.
Birinchi davra uchrashuvida "Atalanta" Sardiniyada katta qiyinchilik bilan g'alaba qozongandi 2:1. Bu safar ham bergamoliklar yaqqol favorit sifatida etirof etilmoqda. "Kalyari" hozirgi holatida jiddiy qarshilik ko'rsata olishi mushkul vazifa. "Atalanta" esa ketma-ket ikki bor golsiz durangdan keyin bu safar muxlislarini gollar shousi bilan xushnud qilishga urinib ko'radi.
Atalanta Jose Luis Palomino - 64' |
Serie A . 24-tur 06/02/2022, 16:30 2
:
1
Tugadi
|
Cagliari Gaston Pereiro - 50', Gaston Pereiro - 68' |
Stadion: Gewiss Stadium, 7868 tomoshabin
Bosh hakam: Alessandro Prontera
"Yuventus" - "Verona"
"Keksa sinora" o'tgan uchrashuvdagi bilan solishtirsa ancha o'zgardi. Turinliklarning yo'qotishlari shunchalik ko'pki, bir necha kun oldin jamoaga kelib qo'shilgan har ikki futbolchi katta ehtimol bilan o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi. Zakariya markazda Rabo va Artur bilan harakat qilsa, Vlaxovich hujumning oldingi chizig'ida Morata bilan tandem hosil qiladi. "Byankoneri" bu bahsda 4-4-2 taktik sxemasidan foydalansa kerak, Kuadrado esa o'ng qanot yarim himoyachisi rolida harakat qiladi. "Verona"da yo'qotishlar bir muncha kamroq. Biroq Jovanni Simeonening yo'qligi jiddiy yo'qotish hisoblanadi. SHuningdek, Frabotta va Davidovich ham bellashuvni o'tkazib yuboradi.
Qizig'i, avvalgi to'qnashuv "Verona"ning g'alabasi bilan yakun topgan 2:1. Hozir esa barcha muammolariga qaramay, "Yuve"ning imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda. Nima bo'lganda ham "Verona" himoyalanishni yaxshi biladi va mezbonlar uchun oson bo'lmasligi aniq.
Juventus Dusan Vlahovic - 13', Denis Zakaria - 61' |
Serie A . 24-tur 07/02/2022, 00:45 0
:
2
Tugadi
|
Hellas Verona |
Stadion: Allianz Stadium, 17016 tomoshabin
Bosh hakam: Luca Massimi
Sergey Rumyancev
Fikrlar