Portugaliya murabbiyi JCH-2018 favoritlarini aytib o'tdi
16 apr 2018 20:32
Yangiliklar


Portugaliya murabbiyi JCH-2018 favoritlarini aytib o'tdi
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush oldinda turgan Jahon chempionati-2018ning favoritlarini aytib o'tdi.
SHuningdek, u o'z jamoasi bilan bog'liq savolga ham javob berdi.
"Men uchun Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Argentina va Franciya favoritlar hisoblanadi. Men bu jamoalarning sifati, tajribasi va muvaffaqiyatlariga tayanib aytdim.
Biz asosiy davogarlardan emasligimizni bilamiz va boshqa jamoalarning etakchiligini tan olamiz. Lekin, bu bizda maqsad yo'q degani emas. Aniq maqsad - har bir o'yinda g'alaba qozonish", - deya Santushning so'zlarini keltirdi FIFA rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar