Portugaliya klublari "Yuventus" posboni uchun kurashmoqda
02 iyu 2019 12:28
Yangiliklar


Portugaliya klublari "Yuventus" posboni uchun kurashmoqda
"Yuventus" darvozaboni Mattia Perin "Portu" va "Benfika" klublari qiziqish doiralariga tushib qoldi.
Portugaliya klublari darvoza chizig'ini kuchaytirish maqsadida italiyalik posbonni sotib olishmoqchi.
"Yuventus" Janluiji Buffon bilan kelishib oldi va o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan Perin bilan xayrlashishga tayyor.
26 yoshli posbon yakunlangan mavsum A Seriyada 9ta bahsda maydonga tushdi.
Perin "Jenoa" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini shu erda boshlagan. "Jenoa" uni turli yillarda "Padova" va "Peskara" klublariga ijaraga bergan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar