Portugaliya futbol federaciyasi Ronalduga maxsus sovrin topshirdi
12 noy 17:22
Yangiliklar
Portugaliya futbol federaciyasi Ronalduga maxsus sovrin topshirdi
Federaciya futbolchining Portugaliyaning ulkan natijalari elchisi bo'lgani va mamlakat terma jamoasi safida 200 ta o'yinda ishtirok etganini etirof etdi.
Portugaliya futbol federaciyasi (FPF) tashkillashtirgan marosim Lissabonda o'tkazildi.
Futbolchi bunga quyidagicha izoh berdi:
"Bu sovringa loyiq ko'rishganidan g'ururlanaman. Ushbu holatni yo'lning boshlanishi deb qabul qilaman. FPFga ushbu sovrin uchun minnatdorchilik bildiraman, bu uzoq va mashaqqatli mehnatdagi yo'l bo'ldi. Men 18 yoshligimda terma jamoada safida maydonga tushishni orzu qilardim. Keyinroq men 25, 50 talik dovonni zabt etdim, nima uchun 100lik dovoniga etmaslik kerak? Uchta raqamdan iborat yaxlit raqam, undan so'ng men 150, 200 va undan ko'prog'i haqida o'ylay boshladim. Bu shunchaki ajoyib tuyg'u".
Fikrlar