Portugaliya. Bugun 6-tur start oladi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2018, 16:42
Bugun tunda Portugaliya chempionatida 6-tur bahslariga start beriladi.

Mamlakat vice-chempioni "Benfika" klubi liga debyutanti "Shavish" mehmoni bo'ladi. Ruy Vitoriya boshchiligidagi "Benfika" 5ta turdan so'ng 13 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.

Ushbu turda amaldagi chempion "Portu" o'z maydonida "Tondela"ni qabul qiladi. Serjiu Konseysau murabbiylik qilayotgan "Portu" hisobida 12 ochko mavjud. Jamoa hujumchisi Vensan Abubakar bu mavsum 4ta gol urishga erishdi.

Bu mavsumni ajoyib tarzda boshlagan "Braga" bu turni safarda "Belenensish"ga qarshi o'tkazadi. 5ta turda 13 ochko jamg'argan "Braga"ning braziliyalik hujumchisi Diego Souza 5ta gol bilan to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda.



Portugaliya. 6-tur juftliklari
27 sentyabr

00:15 - SHAVISH - BENFIKA

28 sentyabr
00:30 - PORTU - TONDELA

29 sentyabr
20:30 - MOREYRENSE - FEYRENSI
23:00 - RIU AVI - BOAVISHTA
01:00 - SPORTING - MARITIMU

30 sentyabr
20:00 - NASONAL - SANTA-KLARA
22:30 - GIMARAYNSH - SETUBAL
00:30 - BELENENSISH - BRAGA

1 oktyabr
00:15 - AVESH - PORTIMONENSI


TO'PURARLAR POYGASI

5 - Diego Souza (Braga)

4 - Vensan Abubakar (Portu), Luish Picci (Benfika)

3 - Brayan Roches (Nasonal), Luish Nani (Sporting)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia