Portugaliya. "Braga" peshqadamlarni quvishda davom etadi
08 jan 2021 12:38
Yangiliklar


Portugaliya. "Braga" peshqadamlarni quvishda davom etadi
Musobaqa jadvalida 4-pog'onada borayotgan "Braga" o'z maydonida 7-o'rindagi "Maritimu"ni qabul qildi.
Uchrashuvdagi hisob 34-daqiqada mezbonlar tomonidan ochildi. Yuri Medeyrush o'ng qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi - 1:0.
Ikkinchi taym o'rtalarida Rikardo Orta mavsumdagi o'zining beshinchi golini urishga erishdi - 2:0.
77-daqiqada mehmonlarning angolalik hujumchisi Milson bahsdagi oxirgi golni urdi - 2:1.
Ushbu g'alabadan so'ng "Braga" o'z ochkolari sonini 27taga etkazib oldi va 3-o'rindagi "Benfika" bilan ochkolar farqini bittagacha qisqartirdi.
Bugun tunda mamlakat grandlari "Sporting", "Benfika" va "Portu" ushbu tur o'yinlarini o'tkazishadi.
Braga Iuri Medeiros - 34', Ricardo Horta - 67' |
Primeira Liga . 13-tur 08/01/2021, 02:00 1
:
2
Tugadi
|
Maritimo Milson - 77' |
Stadion: Estadio Municipal de Braga, 0 tomoshabin
O’xshash yangiliklar

Fikrlar