“Portu” – “Yuventus”: Bonuchchi uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 fev 2017, 22:24
“Yuventus” himoyachisi Leonardo Bonuchchi Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Portu”ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.

La Gazetta dello Sport nashrining xabar berishicha, “Yuve” ustozi Massimiliano Allegri futbolchini jazolashi mumkin. Bonuchchi “Palermo” bilan kechgan bahsda maydonda murabbiy bilan tortishgan va o'yindan keyin rahbariyat tomonidan jarimaga tortilgan.

Shunga qaramay Bonuchchi jamoa bilan Portugaliyaga uchib borgan, ammo katta ehtimol bilan u uchrashuvni tribunadan kuzatadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia