“Portu” xodimi Ronalduni “cho'chqa” deb atadi
10 mar 2021 20:10
Yangiliklar
“Portu” xodimi Ronalduni “cho'chqa” deb atadi
ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Yuventus” – “Portu” bahsidan keyin mehmon jamoaning muxlislar bilan ishlashdagi masul xodimi hamda “Dragau” stadioni suxandoni Krishtianu Ronalduni haqoratladi.
“Italiyalik o'g'rilardan qasos oldik, cho'chqa Ronalduning “Dragau”da qilgan ishi uchun qasos oldik. Qanday g'urur bu “Portu”! Murariyada karnaval!
Dolores va uning kar-kar oilasidan javob kutaman”, deb yozgan storisiga Saul.
Murariya – Lissabondagi tumanlardan biri, Ronaldu esa “Sporting” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Dolores – Krishtianuning onasi.
Bu Saul bilan bog'liq birinchi mojaroli holat emas. U 2017 yilda “Benfika”ga qarshi o'yindan so'ng hakamlarga: “Bizni tunashlaridan charchadik!” deb baqirgani uchun 30 kunga diskvalifikaciya qilingandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar