"Portu" muxlislari "Atletiko"ga qarshi o'yinda ispan sharhlovchilariga hujum qilishdi
08 dek 2021 21:09
Yangiliklar
"Portu" muxlislari "Atletiko"ga qarshi o'yinda ispan sharhlovchilariga hujum qilishdi
CHempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidan o'rin olgan "Portu" – "Atletiko" uchrashuvi (1:3) vaqtida ispaniyalik sharhlovchilar muxlislar tomonidan hujumga uchradi.
Hodisa o'yin oxirida sodir bo'ldi. Madrid klubining uchinchi golidan so'ng bir nechta "Portu" muxlislari Movistar sharhlovchilari Xose Sanches, Alvaro Benito va Gustavo Lopes o'tirgan "Dragau" stadionidagi sharhlovchilar kabinasiga bostirib kirishdi.
Muxlislarni tinchlantirishga va xavfsizlikni chaqirishga uringan sharhlovchilarning so'zlari efir davomida eshittirilgan.
"To'rtta tabi xira odam bizga hujum qilishmoqchi, to'rtta g'azabnok odam!", — dedi Sanches.
SHarhlovchilar keyinchalik hech qachon bunday hodisaga duch kelmaganliklarini aytishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar