"Portu" Kolumbiya terma jamoasi o'yinchisi bilan shartnoma imzoladi
05 avg 2019 14:27
Yangiliklar


"Portu" Kolumbiya terma jamoasi o'yinchisi bilan shartnoma imzoladi
"Portu" Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Mateus Uribe bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda "Portu" rasmiy sayti xabar tarqatdi. Bitim shartlari esa oshkor qilinmayapti.
"Ajdarlar" Meksikaning "Amerika" klubiga 9 million evro to'ladi. Kolumbiyalik futbolchi ilk bor Evropada o'ynaydigan bo'ldi.
28 yoshli futbolchi "Portu"ga qadar "Deportivo Espanol", "Envigado", "Deportes Tolima", "Atletiko Nasonal" va "Amerika" klublari sharafini himoya qilgan.
O'yinchi 2017 yildan buyon Kolumbiya terma jamoasida o'ynab kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar