"Portu" "Al Duhayl" futbolchisini ijaraga oladi
27 iyu 2019 11:32
Yangiliklar


"Portu" "Al Duhayl" futbolchisini ijaraga oladi
Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi SHoya Nakajima Portugaliya chempionatiga qaytishga yaqin.
"Portu" 24 yoshli yaponiyalik futbolchini "Al Duhayl"dan 1 yilga ijaraga oladi.
Nakajima yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta assistga erishgan. U Kopa Amerika-2019 musobaqasi guruh bosqichi doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Nakajima 2017 yildan "Portimonensi" klubida to'p surgan. 2019 yil qishdan so'ng Qatar klubiga o'tgan edi.
Futbolchi 2018 yildan Yaponiya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar