"Portu" 29-bor Portugaliya chempionligini qo'lga kiritdi Yangiliklar

"Portu" 29-bor Portugaliya chempionligini qo'lga kiritdi

"Portu" Portugaliya chempionati 32-tur doirasida "Sporting" (2:0)ni mag'lubiyatga uchratdi.

64-daqiqada Danilu Pereyra hisobni ochgan bo'lsa, 90-daqiqada Mussa Marega o'yin taqdirini uzil-kesil hal qildi.

"Ajdarlar" mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganda "Benfika"dan 8 ochko ilgarilab ketgan holda chempionlik masalasini hal etishdi.

Eslatib o'tamiz, "Portu" 29-bor mamlakat chempioniga aylanmoqda. "Benfika" esa 37ta titulga ega.

PORTUGALIYA CHEMPIONATI TURNIR JADVALI VA TO'PURAR RO'YXATI BILAN TANISHING

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика