Polshalik muxlis futbol o'yinini ko'rish uchun qurilish kranini ijaraga oldi
12 iyu 2020 19:52
Yangiliklar


Polshalik muxlis futbol o'yinini ko'rish uchun qurilish kranini ijaraga oldi
Polshaning "SHlensk" klubi muxlisi Tomash Jolkevich stadionga kirish borasidagi taqiqqa qarshi ajoyib echim topdi.
Muxlis jamoasi bilan birgalikda "Visla"ga qarshi o'yinga jo'nab ketdi. U erda stadionga kiritilmaganidan keyin esa muxlis qurilish kranini ijaraga olib, o'yinni 22 metr balandlikdan tomosha qildi.
Bu uchun Jolkevich 100 zlota (26 dollar) ishlatishga majbur bo'ldi.
"SHlensk" jamoasi ayni damda Polsha chempionatida 29 o'yinda 46 ochko jamg'argan holda 3-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar