So’nggi yangiliklar

23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  0 23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" – "Атлетик". Бошланғич таркиблар аниқ!  1 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  12 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  6 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2

Yaypanga kelgan polshalik murabbiy: "O'zbekiston klublarini Polshaga taklif qilmoqchimiz" Yangiliklar

Yaypanga kelgan polshalik murabbiy: "O'zbekiston klublarini Polshaga taklif qilmoqchimiz"

Coca Cola Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Turon" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi davomida stadionda xorijlik murabbiy, Polsha futbol associaciyasi vakili Boguslav Baniakka ko'zimiz tushdi.

Vaziyatdan foydalangan xolda u bilan qisqacha intervyu tashkilladik.

- O'zbekistondagi taasurotlar qanday?

- Man O'zbekistonga kelganimga 3 kun bo'ldi. Bizning birinchi manzilimiz Superliga debyutanti "Turon" klubi bo'ldi. Bu jamoa menda juda yaxshi taasurot qoldirmoqda. Biz o'zbek futbolida bu qadar o'sish bo'lganini bilmas edik. "Turon" klubi rahbariyati juda ham tirishqoqlik bilan ishlayotganliklari ko'rinib turibdi.

O'yinga stadionlarning tayyorgarligi xuddi Evropa klublariga o'xshaydi, o'sha darajada.Klub oldida yuksak maqsadlar bor ekan, bu juda ham yaxshi. Kecha men jamoa bosh murabbiyi bilan suhbatlashdim. "Turon"ning jismoniy tayyorgarligi ham yomon emas. Ayni damda bu jamoada hamma narsa yangi, jamoa yangi, klubga ushbu chempionat, yani Superliga ham yangi. Jamoa uchun bugun tarixiy o'yin. Birinchi turda "derbi". Bu ham o'ziga xos yana bir tarix.

- Qaysi o'zbek futbolchilari haqida eshitgansiz?

- Yaxshiboev va Bozorov.

- Eldor SHomurodovchi?

- Yo'q, hozir yosh futbolchilar ichida bizda katta taasurot qoldirganlar Oybek Bozorov, Jasur Yaxshiboev, Xusniddin Aliqulov va Doniyor Abdumannopovlar. Yana bular orasiga IbrohimHalil Yo'ldoshevni ham qo'shsak bo'ladi.

- Navbatdagi rejalar qanday?

- "Oldindagi rejamizga asosan biz "Turon"dan keyin "Andijon" va "Nasaf" klublari ishtirokidagi o'yinlarga bormoqchimiz. O'zbekistonga Polsha futbol associaciyasi rahbari topshirig'iga asosan keldik.Mazkur tashrifimiz davomida o'zbek futbolidagi yosh iqtidorlarni aniqlash hamda O'zbekiston klublarini Polshaga taklif etish niyatimiz bor" - deydi polshalik murabbiy.

Malumot uchun, Boguslav Boniak Burkina Faso terma jamoasida ham katta murabbiy lavozimida ishlagan.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика