So’nggi yangiliklar

18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  0 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  0 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  1 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  0 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  7 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  3 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  36

Poliglot, uchuvchi, pianinochi... Yangiliklar

Poliglot, uchuvchi, pianinochi...

Teglar :  Moric Bauer
Rossiya futboli legionerlarga to'la, ularning katta qismi jamoani tark etsa ham, muxlislarning qalbidan o'chib ketmaydi.

O'z vaqtida Vagner Lav CSKAdan ketganidan keyin barcha muxlislar "aza" tutgandi. Branislav Ivanovich ketganidan keyin "Lokomotiv" muxlislari qattiq tashvishga tushishdi. "Qizil-oqlar" fanatlari esa Velliton va Aleks ketganidan keyin ancha siqilishgandi.

Qozonning "Rubin" jamoasi esa o'z tarixida shunday futbolchisi borligi bilan faxrlansa bo'ladi. Ushbu yilning qishida 4,5 mln funt evaziga "Stok Siti"ga o'tgan avstriyalik himoyachi Moric Bauer hali ham rus jamoasi muxlislarining qalbidan o'chgani yo'q. U o'zining harakatlari bilan rus futbolining mehrini qozondi.

Ruslarni yaxshi ko'ruvchi poliglot

SHveycariyalik maqomi bilan "Rubin"ga o'tgan Bauer klubni tark etayotganida jamoa muxlislariga tragik nomani etkazdi. U buni ikkita tilda yozdi - birinchisi ingliz tilida, ikkinisi esa rus. Yo'q, u bunda tarjimondan foydalanmadi, bunday o'ylash ham xato ish. U poliglot, u nemis tilini biladi (mantiqan olib qaraganda shundayligi aniq, u SHveycariyada tug'ilgan), shuningdek, francuz, ingliz, ispan tillarida yaxshi gaplashadi. SHuningdek, o'zi yashagan joyda rus tilidan ham anchagina dars olgan.

Moric ilk marta Qozondagilar bilan kechki bazmga chiqqanida rus tilidagi birinchi darslarini olishni boshlaganini, o'sha erda o'z kundaligini ilk ruscha so'zlar bilan to'ldirib qo'ygan.

"Bu fantastik darajadagi tajriba edi. Ularning oldida birorta yomon so'z aytib qo'yishdan qo'rqdim. Ular menga juda ham  mehribon edi. Aynan o'sha kunda men rus tilini o'rganish uchun katta qadam tashlagandim", - dedi avstriyalik bo'lgan shveycariyalik ingliz nashriga.

O'yinga samolyotda!

Moric faqatgina bir sohaga qiziqmagan. Professional futbolchilarning juda ham ozchiligida uchuvchilik licenziyasi yo'q. Bauer esa mohir uchuvchi hisoblanadi. U o'ziga qulay bo'lgan vaqtda propeller samolyotda sayohatga chiqardi. U o'z intervyularining birida jiddiy jarohat olganida bo'sh vaqti ko'p bo'lgan. O'shanda u dori olib kelish uchun samolyotini ishlatganini aytib o'tdi.

Futbolchi jarohatlangan vaqtida mashg'ulotlarga qaytadigan bo'lsa, futboldan begona odamga o'xshab qoladi. O'z vaqtida CHexiya termasining sobiq futbolchisi Tomash Rosicki ham ko'plab jarohatlar olgandi va doimiy tarzda tibbiyot bilan birga bo'lgan. SHu boisdan uning bo'sh vaqti juda ham ko'p edi. Uning yaqin uchuvchi-do'stlaridan biri esa Moric edi. Bir kun Tomash o'z do'stiga butun bir Buyuk Britaniyani samolyotda aylanib chiqishni istayotganini aytdi. Bauer esa bunga ijobiy javob berdi va talab qondirildi. O'z navbatida aytish kerak, bunday vaqt o'tkazish ikki futbolchiga juda ham maqul keladi.

Arxitektura shinavandasi

Bauerning sifatlari juda ham ko'p - u shimoldagi davlatlarning katta muxlisi. SHu boisdan u imkoniyati bo'lsa yoki ishi yuzasidan shimolning ko'plab davlatlariga boradi. Moric o'zi yoqtirgan joylarda rasmga tushadi. Unga haykaltaroshlik ham anchagina xush keladi. Stok-On-Trentga ko'chib o'tganidan keyin u ilk navbatda mahalliy botanika bog'iga bordi va muzeylarni aylandi.

"Bizda, SHveycariyada ajoyib talimot bor. Men o'zimning hozirgi talimotim bilan maqtanmoqchi emasman. Francuz va inglizlarning madaniyatidan ham yaxshigina xabardorman. Menda ko'p bo'sh vaqt bo'ladi va men shunda o'zim uchun yoqqan xobbini tanlab olishga harakat qilaman", - dedi Bauer.

Golfmi yoki musiqa?

Futboldan tashqarida Bauer - musiqachilik va golfning "kushandasi". Avstriyalik Qozondaligi vaqtida pianino sotib olgan. Biroq undan foydalanishni bilmasa-da, buni bilish uchun qattiq harakat qilgan. Hatto uyiga bu borada ustoz ham chaqirgan. Natijada u tez fursatlarda pianinochilikni ham o'rganib oldi va ko'plab kuylarni chalishni o'rgandi.

Golf haqida esa nimalar desa bo'ladi... U golf o'ynash  taklifiga hech qachon rad javobini bermaydi va joni dili bilan buni qabul qiladi. U o'z vaqtini golf bilan o'tkazishni xush ko'radi.

"Bilasizmi, mening uyimda birorta ham chalinadigan asboblar bo'lmagan. Buni biladigan do'stlarim ham yo'qligi uchun uchuvchilikni yaxshi ko'rardim"

Rori Delapning vorisi

"Rubin"ga kelgunga qadar Bauerga rus va ingliz jamoalaridan qiziqishlar bo'ldi. Uni "Spartak", "Verder" va "Fulxem" kabi jamoalar o'ziga jalb etishga urindi. O'shanda u Slavisha Yokanovichning "Fulxem"iga borganida liga g'olibiga aylanardi.

Bundan tashqari, avstriyalik futbolchi irlandiyalik Rori Delapning vorisiga o'xshaydi. U o'yin tezligini birdaniga ko'tarib yubora oladi. SHuningdek, bosh bilan o'ynashda ham tengsiz. Jamoaga maksimal foyda keltira oladi. Aut otishda ham unga teng keladigani yo'q. Moric to'pni shunchaki otmaydi. U to'pni 11 metrlik nuqtaga shunday tashlaydiki, undan gol urmaslik qiyin ish. U bu ishini "Stok"da ham bajardi. Bauerning bu ishini ko'rgan futbol muxlislari esa shunchaki kulib, hayratda qoladi.

Reyting: +3   

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика