Po'latxo'ja Xoldorxonov: "Penaltilar seriyasiga ham tayyor edik"
11 mar 2023 23:32
Yangiliklar


Po'latxo'ja Xoldorxonov: "Penaltilar seriyasiga ham tayyor edik"
U-20 Osiyo Kubogi chorak finalida Avstraliya ustidan qozonilgan g'alabadan keyin O'zbekiston termasi yarim himoyachisi Po'latxo'ja Xoldorxonov o'z fikrlarini bildirdi.
- Avvalambor, shunday qo'llab-quvvatlaganiga muxlislarga rahmat! Bugun vatan uchun o'ynadik. Jahon chempionatiga chiqqanimizdan xursandmiz. Aslida bu eng kichik vazifa edi. Endi oldimizda chempionlik vazifasi turibdi.
- Penaltilar seriyasida hayajon bo'lmadimi?
- Yo'q, to'g'risi, umuman hayajonlanmadim. Yigitlar bunga tayyorlanishgandi. Murabbiylar mashg'ulotlarda bizni bu jarayonga tayyorlashgandi. Umuman olganda penaltilar seriyasiga ham tayyor edik, buni kutgandik ham.
- G'alaba qo'lga kiritilganidan keyin Farhod Mannopovga ham bag'ishlandi.
- U juda yaxshi inson edi. Uning vaynlarini ko'p ko'rardim. Uning hurmati yuqori bo'lgani uchun libosni ko'tardim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar