Pol Skoulz: "Manchester Yunayted"ga etakchilar kerak"
20 avg 2018 21:58
Yangiliklar
Pol Skoulz: "Manchester Yunayted"ga etakchilar kerak"
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz "Brayton"dan uchralgan mag'lubiyat (2:3)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jamoada etakchi yo'q. Biz Pogba bu rolga ideal nomzod deb o'ylagan edik, lekin u juda yomon o'yin o'tkazdi. Pol stabil emas.
Ortda qolgan bahsda MYU futbolchilari to'pni hujumchilarga etkazib bera olishmadi. Lukakuda birinchi bo'limda imkoniyat bo'ldi, Romelu to'pni qabul qilgan boshqa vaziyatni eslay olmayapman. Huddi shuningdek to'p Marsyal va zaxiradan tushgan Reshfordga ham bormadi", - deya Skoulzning so'zlarini keltirdi "Sky Sports".
Fikrlar