Pol Pogba qachon maydonga tushadi? Sulsher bunga javob berdi
28 okt 2019 14:10
Yangiliklar


Pol Pogba qachon maydonga tushadi? Sulsher bunga javob berdi
"Manchester Yunayted"ning franciyalik yarim himoyachisi Pol Pogba dekabr oyi boshigacha maydonga tusha olmaydi.
26 yoshli futbolchi APL doirasidagi 31 avgustda bo'lib o'tgan "Sautgemton" (1:1)ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat olgan edi.
"Uni dekabrga qadar ko'ramiz deb o'ylamayman. Uning tiklanib olishi uchun bir qancha vaqt kerak", - deydi Ole Gunnar Sulsher.
Eslatib o'tamiz, Pol Pogba 2016 yilda MYU safiga "Yuventus"dan kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar