Pol Pogba: "Inesta, Modrich, Kroos, Silva, De Bryuyne, Ture va Diabi – men uchun ularning barchasi eng zo'ri"
01 iyu 2018 19:12
Yangiliklar


Pol Pogba: "Inesta, Modrich, Kroos, Silva, De Bryuyne, Ture va Diabi – men uchun ularning barchasi eng zo'ri"
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba o'z poziyasida o'ynaydigan eng yaxshi futbolchilar haqida gapirdi.
"Ilk navbatda "Barselona"da ajoyib faoliyat olib borgan Andres Inestani tanlayman. Keyin esa - Luka Modrich, Toni Kroos, David Silva, Kevin de Bryuyne, Yaya Ture va hatto Abu Diabini ham aytaman. Men uchun ularning barchasi eng zo'ri. Diabi ham kuchli yarim himoyachi edi, biroq u ko'p jarohat olardi.
Uning "Arsenal"dagi o'yinlarini ko'ring! Ajoyib o'yin ko'rsatgan. Biroq odamlar uni yoddan chiqarmoqda. Biroq men uni esdan chiqarmayman. CHunki uni hurmat qilaman, undan ko'p narsalarni o'rganganman", - dedi Pogba.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar