Pogba va Lukaku APL 1-turining eng tez futbolchilari Yangiliklar

Pogba va Lukaku APL 1-turining eng tez futbolchilari

Kecha "Manchester Yunayted" - "Vest Xem" (4:0) o'yini bilan APL 1-turiga yakun yasaldi.

Bugun Premer-liga birinchi turida eng tez yugurgan o'yinchilar ro'yxati elon qilindi. Qizig'i, bu ro'yxatning dastlabki to'rt pog'onasidan uchtasida "qizil iblislar" vakillari joy olishgan. Demak, Angliya Premer-ligasida 1-turning eng tez yugurgan futbolchilari Pol Pogba va Romelu Lukaku. Ular "bolg'aurarlar"ga qarshi bahsda soatiga 34.6 km tezlikda chopishgan.

APL, 1-turning eng tez o'yinchilari:

Pol Pogba ("Manchester Yunayted") - 34.6 km/soat
Romelu Lukaku ("Manchester Yunayted") - 34.6 km/soat
Teo Uolkott ("Arsenal") - 34.4 km/soat
Markus Reshford ("Manchester Yunayted") - 34.3 km/soat
Uilfrid Zaa ("Kristal Pelas") - 34.1 km/soat
Kristian Fuks ("Lester") - 34.1 km/soat
Stiv Mune ("Xaddersfild") - 34.1 km/soat



Malumot uchun, dunyoning eng tez yuguradigan odami Useyn Bolt 2009 yil Berlinda 100 metrga yugurishda jahon rekordini o'rnatganda soatiga 43.4 km tezlikda chopgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика