Pogba tavallud kunida koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya akciyasini boshladi
15 mar 2020 17:10
Yangiliklar
Pogba tavallud kunida koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya akciyasini boshladi
“Manchester Yunayted” xavbeki bugun 27 yoshni qarshi oldi.
Franciyalik futbolchi instagram'dagi sahifasi orqali koronavirusga qarshi kurashish uchun mablag' yig'ish akciyasini tashkil qilganini aytdi.
“Bunday vaziyatlarda birga bo'lishimiz zarur hisoblanadi. Bugun sizning yordamingiz bilan 27 ming funt to'planishiga ishonaman. Agar biz bunga erishsak, uning miqdorini ikki baravar oshiraman.
Ko'zlangan maqsad amalga oshsa, bu quyidagilar bilan taminlash uchun etarli bo'ladi: “Tibbiyot xodimlari uchun 333.332 juft bir martalik qo'lqoplar, kasallikning oldini olish uchun 2.777ta jarrohlik niqoblari, 9.615 to'plam (komplekt) himoya ko'zoynaklari. Qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat. O'zingizni asrang!”, deb yozgan futbolchi o'z sahifasiga.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 11
Fikrlar