Pogba Ronaldudan ko'p maosh olmoqchi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2021, 18:32
Pol Pogba faqat bitta shart evaziga Manchester Yunayted bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.

Pogba Krishtianu Ronaldudan ham ko'proq maosh olishni istaydi, bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.

Yarim himoyachi Manchester Yunaytedda haftasiga 585 ming evro maosh olmoqchi. Pol ayni paytda ikki baravar kam ishlab topadi.

Agar Manchester Yunayted va Pogba kelishuvga erisha olmasa futbolchi 2022 yil yanvar oyidan boshqa klublar bilan muzokara o'tkaza oladi.

Bu mavsum Pogba APLda 9ta o'yinda 7ta golli pas bergan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia