Pogba Mbappeni maqtadi
12 iyu 2018 20:53
Yangiliklar
Pogba Mbappeni maqtadi
"Mbappe bir necha yillardan buyon Franciya termasining eng yaxshilaridan biri bo'lib turibdi. Uning fenomenal iqtidori bor. U faqatgina hujumda emas, himoyada ham yordam berib turadi. U termaning barcha futbolchilari kabi himoyada ham alo darajada o'ynaydi. Uning imkoniyatlari ko'lami juda keng: dribling, tezlik, hujumlarga qo'shilish. Mbappe - juda kuchli futbolchi.
Kilian hali juda yosh bo'lsa ham, maydonda eng tajribalilaridan biri. Mbappe g'alabaga erishish uchun barcha ishlarni bajaradi. Bor kuchini beradi. U o'z ambiciyalarini ko'rsatishda hech kimdan cho'chimaydi. Uni dahshatli futbolchi deb hisoblayman. Kilianning kelajagi porloq, shu boisdan u juda ko'p ishlashi va rivojlanishi kerak. Mbappe juda ko'p sovrinlarni qo'lga kiritib bo'ldi. Unda g'oliblik ruhi ham bor", - dedi Pogba.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar