Pogba: "Mata dunyodagi eng yoqimli insondir"
05 may 2021 11:22
Yangiliklar
Pogba: "Mata dunyodagi eng yoqimli insondir"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoadagi ispaniyalik sherigi Xuan Mata haqida gapirdi.
"Men Matani dunyodagi eng yoqimli inson deb o'ylayman. Juda yoqimli yigitcha, jentlmen. Haqiqiy erkak", - deydi franciyalik xavbek.
33 yoshli Mata MYUga 2014 yilning yanvarida "CHelsi"dan o'tgan edi.
Ispaniyalik joriy mavsum Angliya klubi safida barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Mataning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi, bitimga ko'ra klub futbolchi bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirishi mumkin.
Fikrlar