Pogba “Manchester Yunayted”da qolayotganidan xafa
07 dek 2019 09:23
Yangiliklar
Pol Pogba yozgi transferlar vaqtida uning “Real”ga o'tishi amalga oshmay qolganidan qattiq xafa. Futbolchi shu boisdan ham “Manchester Yunayted”da to'p surish ishtiyoqida emas. Ammo Pogba o'zini yozda sotib yuborishlariga ishonmoqda. SHu boisdan ham omma oldida klub rahbariyati bilan janjal uyushtirayotgani yo'q.
Eslatib o'tamiz, “Real” Pogbani o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgandi, biroq Manchester rahbariyati uning uchun 150 mln funt so'ragan va transfer barbod bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar