Pogba: "Ibragimovich hammamiz uchun katta akadek"
03 sen 2016 10:53
Yangiliklar
Pogba: "Ibragimovich hammamiz uchun katta akadek"
"Manchester Yunayted"ning franciyalik yarim himoyachisi Pol Pogba o'zining "Yuventus"dan mankunianlar safiga qaytishi haqida fikr bildirdi.
"Xohlaganim uchun qaytdim va "Manchester Yunayted" ham shuni istadi. Bizda Premer-ligada zafar quchishni istagan ajoyib futbolchi va murabbiylar bor. Maqsadim - doimo birinchi va eng yaxshi bo'lish. Eng yaxshi bo'lish chempionatni yutishni anglatadi - bu har birimizning maqsadimiz.
Biz CHempionlar ligasiga qaytmoqchimiz. Ibragimovichga to'xtaladigan bo'lsak, Zlatan hammamiz uchun katta akadek. U doimo hazillashadi, biroz dam olishga yordam beradi, maydonda esa u haqiqiy g'olib. U haqiqatdan ham jamoaga yordam beradi" - deydi Pogba.
Fikrlar