So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Pogba: "Hech qachon "hech qachon" deyish kerak emas" Yangiliklar

Pogba: "Hech qachon "hech qachon" deyish kerak emas"

"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba diskvalifikaciya muddati qisqartirilgani haqida gapirdi.

Avvalroq futbolchi 4 yilga chetlatilgan, biroq keyinroq ushbu muddat 18 oygacha kamaytirilishi oqibatida xavbek 2025 yil mart oyida maydonga tusha oladigan bo'ldi.

Men [CAS qarorirdan] juda mamnunman. Men hech nima qilmadimku – qaysi aybim uchun to'rt yil jazo tayinlanishi kerak? Endi yana sevimli ishim bilan mashg'ul bo'la olaman. Tabiiyki, men u [Dide Desham] bilan gaplashdim. U doim yonimda turdi va meni qo'llab-quvvatladi. Undan qattiq minnatdorman. Menga ikkinchi imkoniyat berilgandek, qo'limdan olib qo'yilgan narsamni qaytarib berishgandek. Bu hayotimning yangi sahifasi. Yaqinda mart oyi keladi va men buni intiqlik bilan kutyapman.

Faoliyatimni Liga 1da davom ettirish imkoniyatim bormi? Meni hozir ham klubim bor, men faqatgina maydonga qaytishni va yuzaga kelgan vaziyatdan chiqishni o'ylayapman. Biroq ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. SHuning uchun hech qachon "hech qachon" deyish kerak emas.

Bo'lajak jahon chempionatida o'ynashni istarmidim? Mening asosiy vazifam – bu, avvalambor, sport formamni tiklash, chunki men uzoq vaqt maydondan tashqarida edim. Hozir men faqatgina futbol maydoniga qaytishni xohlayman. Terma jamoada o'z klublarida yaxshi o'yin ko'rsatayotgan yigitlar bor va milliy terma tarkibiga kirish faqat o'zimga, o'yinimga bog'liq.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика