So’nggi yangiliklar

20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  0 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  3 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2

Pogba: “Ha, “MYU” dunyodagi eng yomon jamoa, men esa eng yomon futbolchiman” Yangiliklar

Pogba: “Ha, “MYU” dunyodagi eng yomon jamoa, men esa eng yomon futbolchiman”

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba manikunianliklar ustozi Joze Mourinoning bir vaqtlar “MYU”ni dunyoning eng yomon jamoasi degan tarifiga munosabatini bildirdi.

“Mening kayfiyatim yaxshimi? Men doim yaxshi kayfiyatda yuraman. Doim. SHunday bo'lishi ham kerak. Hayotda seni xafa qiladigan juda ko'p holatlar mavjud, shu sabab sen doim xushchaqchaq bo'lishing lozim.

Mourinoning so'zi? Ha, darhaqiqat biz dunyoning eng yomon jamoasimiz. Ammo biz uchta sovrin yutdik. Odamlar nimani istashsa, shuni gapirishlari mumkin (kulib). Bu muammo emas, men buni tushunaman. Biz haqiqatan ham yomon o'ynaydik, gohida uni, gohida buni amalga oshira olmadik. Bu alohida ahamiyatga ega. Ammo men shuni bilamanki, biz uchta kubokni qo'lga kiritdik. Men faqat shuni bilaman. Asosiysi shu. Jahonning eng yaxshi jamoasi bo'lib, ajoyib futbol namoyish etib, hech narsa yuta olmasang, keyinchalik kim buni eslaydi? Hech kim. To'g'rimi?

Jahonning eng yomon futbochlisi sifatida men o'zimni qanday his etayapman? Dunyoning eng yomon o'yinchisi uchta sovrin yutishi mumkinmi, xa-xa-xa. Menda hammasi joyida. Ha menga juda ko'p pul to'lashdi.. Siz nima istasangiz shuni gapirishingiz mumkin. Bu yigit (Mourino) tatilga medal va sovrin bilan chiqib ketmoqda- bu shunchaki ajoyib! Men esa kelgusi yili CHempionlar ligasida o'ynayman!


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика