Pogba: "Bunday yomon o'ynaganimizni eslay olmayman"
09 iyu 2019 13:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/500316_original.jpg)
![](/upload/storage/500316_220.jpg)
Pogba: "Bunday yomon o'ynaganimizni eslay olmayman"
Franciya termasi yarim himoyachisi Pol Pogba Evro-2020 saralashi doirasida Turkiya termasidan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Nima noto'g'ri bo'lganini tushunishga harakat qildim, ammo javobni topa olmadim. Bizda bugun har qanday qaror ham jamoaga yordam bermay, aksincha xatoga aylanib, gollar o'tkazib yuboradigan kun bo'ldi.
Biz raqib darvozasi oldida hech qanday vaziyatga ham ega bo'lmadik, hatto darvozaga zarba bera olmadik ham. Bunday yomon o'ynaganimizni eslay olmayman ham.
Bu o'yinga tayyor edik, ammo nimagadir chuqur himoyaga yotib oldik va raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga harakat qilmadik. Endi o'zimizga kelib, xatolarni ko'rib chiqishimiz kerak", - dedi Pogba.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar