Pogba bugun "Pert Glori"ga qarshi o'ynashi mumkin, Lukaku esa qaydnomada ham yo'q. MYU asosiy tarkibni elon qildi
13 iyu 2019 15:07
Yangiliklar


Pogba bugun "Pert Glori"ga qarshi o'ynashi mumkin, Lukaku esa qaydnomada ham yo'q. MYU asosiy tarkibni elon qildi
Bugun MYU mahalliy "Pert Glori" jamoasiga qarshi ilk o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. Ole-Gunnar Sulsher Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladigan bellashuv uchun asosiy tarkibni malum qildi. Jamoaga yangi kelgan vinger Deniel Jeyms uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi, yozda xarid qilingan boshqa bir futbolchi Aaron Van-Bissaka esa qaydnomaga kiritilgan. SHuningdek, klubdan ketish arafasida turgan bo'lish ehtimoli bor bo'lganlardan Pol Pogba zaxirada o'tiradigan bo'lsa, Romelu Lukaku umuman qaydnomada ham yo'q. Eslatib o'tamiz, kuni kecha "Inter" va MYU vakillari Lukaku transferi borasida dastlabki rasmiy muzokara olib borishgan edi.
O'rtoqlik o'yini
13.07.2019, 16:00
"Optus stedium"
"Manchester Yunayted" - "Pert Glori"
"Manchester Yunayted": Serxio Romero, Diogu Dalot, Aksel Tuanzebe, Fil Jons, Eshli Yang, Andreas Pereyra, Nemanya Matich, Tahit CHong, Jessi Lingard, Deniel Jeyms, Antoni Marsyal.
Zaxira: David De Xea, Joel Pereyra, Markos Roxo, Lyuk SHou, Kris Smolling, Aaron Van-Bissaka, Jeyms Garner, Anxel Gomes, Xuan Mata, Skott Maktominey, Pol Pogba, Meyson Grinvud, Markus Reshford.
Bugungi uchrashuv o'tkaziladigan "Optus stedium".
MYU kecha taqdimoti bo'lib o'tgan yangi mavsum uchun safar libosida to'p tepadi.
"Manchester Yunayted" - "Pert Glori" uchrashuvidan 2 soat oldin olingan surat. Ko'rib turganingizdek muxlislar bugun stadionni to'ldirishmoqchi.
Dalotlar oilasi ham MYU va Diogu Dalotni qo'llab-quvvatlash uchun Pertga uchib kelishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar